Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.01.1992 23.11.1991 yildagi 298-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.01.1992
Hujjat 23.11.1991 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAVLAT BOShQARUV ORGANLARI APPARATI, SUD ORGANLARI
VA NOTARIAL IDORALAR XODIMLARINING LAVOZIM
MAOShLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 8-yanvardagi 3-sonli “Pensiyalar, stipendiyalar va noishlab chiqarish soha xodimlarining lavozim maoshlari miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq isteʼmoli mollarining, oziq-ovqat mahsulotlarining, aholiga xizmat koʻrsatishning erkin va boshqariladigan narxlariga oʻtilishi munosabati bilan davlat boshqaruv organlari, sud organlarining faoliyati samaradorligini oshirish va ularni yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 28-oktabrdagi 355-son qaroriga qisman oʻzgartish kiritib, 1992-yil 1-yanvardan boshlab davlat boshqaruv organlari apparati, sud organlari va notarial idoralar xodimlarining lavozim maoshlari 1,5 baravar oshirilsin, bu maoshlarga chakana narxlar oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha xarajatlar kompensatsiyasi qoʻshilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi markaziy apparati xodimlari ayrim toifalarining lavozim maoshlari 1, 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, lavozim maoshlarining koʻpaytirilishi bilan bogʻliq xarajatlarning 20 foizi boshqaruv organlari apparati xodimlari sonini qisqartirish hisobiga amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur tartibga rioya etilishini nazorat qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Respublika mahalla qoʻmitalari raislari va masʼul kotiblarining lavozim maoshlari 50 foiz oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari va idoralari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi mehnatga haq toʻlashning yangi shartlarini joriy etayotganda respublika, tarmoq va mahalliy boshqaruv organlarining amaldagi strukturasini tahlil qilib chiqsinlar va bunda ularning harakatchanligini, iqtisodiyotni rivojlantirish talablari va fuqarolarning ehtiyojlari bilan bogʻliq boʻlgan muammolarni hal etishni taʼminlashga amalda qodirligini oshirish nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, xalq deputatlar Kengashlarining ijroiya qoʻmitalari lavozim maoshlarini koʻpaytirish uchun davlat boshqaruv organlarini saqlash xarajatlarini kamaytirishdan hosil qilingan tejamdan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va xalq deputatlari Kengashlarining budjet huquqlari haqidagi amaldagi qonunlar tomonidan berilgan huquqlarga muvofiq ularga birkitilgan davlat daromadlari boʻyicha budjetga tushgan qoʻshimcha tushum mablagʻlaridan foydalanishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, viloyatlar va shaharlar xodimlarini ish haqi toʻlash gruppasiga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yil 23-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
298-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1991-yil 23-noyabrdagi
298-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari
va boshqa davlat boshqaruv organlari xodimlari
ayrim toifalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LAVOZIM MAOShLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Lavozimlarning
‎ nomi‎

Vazirliklar, davlat qoʻmitalari‎

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh boshqarmalar va boshqa davlat boshqaruv organlari‎

Davlat boshqaruv organining rahbari‎

1125‎

975‎

Davlat boshqaruv organi rahbarining birinchi oʻrinbosari‎

1050‎

900‎

Davlat boshqaruv organi rahbarining oʻrinbosari‎

975‎

825‎

Boshqarma, mustaqil boʻlim boshligʻi‎

825—860‎

750—790‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Respublika iqtisodiyot organlari rahbarlarining lavozim maoshlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan alohida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot vazirliklari va idoralari rahbarlari birinchi oʻrinbosarlari va oʻrinbosarlarining lavozim maoshlari tegishli ravishda oyiga 1125 soʻm va 1050 soʻm miqdorida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1991-yil 23-noyabrdagi
298-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyat ijroiya qoʻmitalari va xalq deputatlari
Toshkent shahar Kengashi xodimlari ayrim toifalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LAVOZIM MAOShLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‏Lavozimlarning
‎ nomi
‎‏

Oylik lavozim maoshlari (soʻm hisobida)‎‎‎

gruppadan
‎tashqari ‎‏

viloyatlarning gruppalari boʻyicha‎‎‎

I‎

II‎

I I I‎

Rais‎

1425‎

1350‎

1200‎

1125‎

Raisning birinchi oʻrinbosari‎

1275‎

1200‎

1125‎

1050‎

Rais oʻrinbosari‎

1200‎

1125‎

1050‎

975‎

Ishlar boshqaruvchisi‎

1050‎

975‎

900‎

900‎

Boʻlim mudiri‎

900—975‎

860—900 ‎

825-860‎

825—860‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi xodimlarining lavozim maoshlari mehnatga haq toʻlash boʻyicha viloyatlarning ikkinchi gruppasi boʻyicha belgilanadi.