Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 25.07.2006 yildagi PQ-425-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjat 11.02.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-YILGAChA QURILGAN KOʻP XONADONLI TURAR JOY BINOLARINING UMUMFOYDALANADIGAN JOYLARI VA MUHANDISLIK KOMMUNIKATSIYALARI KAPITAL TAʼMIRLANIShINI YAKUNLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga kommunal xizmat koʻrsatish tizimini isloh qilish Dasturini bosqichma-bosqich amalga oshirish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, mulkdorlarga tegishli turar joy fondini saqlashda ularning rolini oshirish, 1991-yilgacha qurilgan koʻp xonadonli turar joy binolarining umumfoydalanadigan joylari va muhandislik kommunikatsiyalari kapital taʼmirlanishini oʻz vaqtida yakunlashni taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan, 1991-yilgacha qurilgan koʻp xonadonli turar joy binolarining umumfoydalanadigan joylari va muhandislik kommunikatsiyalarini 2007—2010-yillarda kapital taʼmirlash Jadvali ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, uy-joy fondini saqlash monitoringini oʻtkazuvchi komissiyalar rahbarlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining raislari zimmasiga mazkur Jadvalning ijrosi boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari huzuridagi yagona buyurtmachi xizmatlari, Toshkent shahrida esa Toshkent shahar hududiy kommunal-ekspluatatsiya birlashmalari turar joy binolarini kapital taʼmirlash ishlari boʻyicha bosh buyurtmachi, xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari esa buyurtmachi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari kapital taʼmirlash umumiy smeta qiymatining 30 foizi miqdoridagi mablagʻlar depozit hisobvaraqlarda jamlanishini taʼminlash va kapital taʼmirlash yakunlangandan soʻng binolarni foydalanish uchun qabul qilib olish ishlarini tashkil etishga javobgardirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yilgacha qurilgan koʻp xonadonli turar joy binolarini kapital taʼmirlash faqat tanlov (tender) savdolari asosida shartnoma tuzish orqali, tanlov komissiyalari tarkibiga xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va fuqarolarning mahalliy oʻzini-oʻzi boshqarish organlari vakillarini albatta kiritgan holda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari turar joy binolarini foydalanish uchun qabul qilib olgandan soʻng uni saqlashni taʼminlash, profilaktika va taʼmirlash ishlarini olib borish, uylar atrofini yaxshi saqlash va aholiga kommunal xizmat koʻrsatishni tashkil etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, uy-joy fondini saqlash monitoringini oʻtkazuvchi komissiyalar xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari ishtirokida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1991-yilgacha qurilgan koʻp xonadonli turar joy binolarini puxta inventarizatsiya qilish boʻyicha xulosalar asosida har yili uylarning nuqsonlari koʻrsatilgan dalolatnomalar tuzsin hamda ularning shahar va tumanlar boʻyicha 2007—2010-yillarda kapital taʼmirlashning aniq manzilli dasturlarini belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili tasdiqlanadigan manzillar roʻyxatiga 1991-yilgacha qurilgan turar joy binolarini kapital taʼmirlash umumiy smeta qiymatining shirkatning depozit hisobvaraqlarida jamlangan 30 foizi miqdorida, jumladan homiylar mablagʻlari hisobiga, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari tomonidan moliyalashtirilishi sharti bilan kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp xonadonli uy-joy fondida tasdiqlangan loyiha hujjatlarini, jumladan resurs smetasini (uylarni kapital taʼmirlash boʻyicha ishlarning baholangan roʻyxatini) hisobga olgan holda olib borilayotgan taʼmirlash-qayta tiklash ishlari ustidan nazoratni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, ilovaga muvofiq, 1991-yilgacha qurilgan koʻp xonadonli turar joy binolarini kapital taʼmirlashda bajarilayotgan ishlar sifati, qurilish meʼyorlari va qoidalariga rioya etilishini qattiq nazoratga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2007—2010-yillarda tegishli yilga Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda 1991-yilgacha qurilgan koʻp xonadonli turar joy binolarini kapital taʼmirlashni moliyalashtirish uchun taʼmirlash umumiy smeta qiymatining 70 foizi miqdorida mablagʻ ajratishni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur mablagʻlar turar joy binolarining muhandislik kommunikatsiyalari va tomini kapital taʼmirlashga qatʼiy yoʻnaltirilganligini nazarda tutgan holda, ajratiladigan budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 2007-yilning 1-yanvaridan 2014-yilning 1-yanvarigacha boʻlgan muddatda barcha turdagi soliqlar, yigʻimlar va budjetga, davlat maqsadli fondlari hamda Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga, yagona ijtimoiy toʻlovdan tashqari, majburiy ajratmalar toʻlashdan:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 11-fevraldagi PF-4275-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 9-son, 84-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 52-son, 513-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining ixtisoslashtirilgan boshqaruvchilari — xizmat koʻrsatish tashkilotlari uy-joy fondiga xizmat qilish va taʼmirlash boʻyicha xizmat koʻrsatganda ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzkommunxizmat” agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 1991-yilgacha qurilgan koʻp xonadonli turar joy binolarining umumfoydalanadigan joylari va muhandislik kommunikatsiyalarini 2007—2010-yillarda kapital taʼmirlash Jadvalining bajarilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga har oyda tahliliy axborot berib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 25-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-425-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 30-son, 291-modda; 2010-y., 52-son, 513-modda; 2011-y., 9-son, 84-modda; 2012-y., 3-4-son, 26-modda)