Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-dekabrdagi 994-sonli “Avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 28-fevraldagi PQ-294-son qarorini bajarish yuzasidan hamda aholiga yoʻlovchi tashish transporti bilan transport xizmati koʻrsatishni tartibga solishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 14-iyul,
138-son
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida,
shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Tijorat asosida amalga oshiriladigan yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyati litsenziyalanishi kerak.
Tijorat asosida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Aholining hayoti va sogʻligʻini xavf ostiga qoʻygan tabiiy ofatlar, epidemiyalar, yirik avariyalar oqibatlarini tugatish hamda Hukumatning qarorlari boʻyicha avariya-qutqarish va tiklash ishlari amalga oshirilishi va muruvvat yuklari yetkazib berilishi talab etilishi bilan bogʻliq tashishlarni amalga oshirishga, shuningdek “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasida nazarda tutilgan korxonalar va muassasalarga litsenziya olish talab etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Litsenziyalar berish, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va ularni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorlar quyidagi litsenziyalovchi organlar:
Oʻzbekiston Respublikasida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda tashish faoliyati boʻyicha — Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) tomonidan;
yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida tashish faoliyati boʻyicha (Toshkent shahrida yoʻlovchilarni tashishdan tashqari) — Agentlikning hududiy boʻlinmalari tomonidan;
Toshkent shahrida yoʻlovchilarni tashish faoliyati boʻyicha — Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi hujjatlarni koʻrib chiqish uchun Agentlikda ekspert komissiyasi tashkil etiladi. Ekspert komissiyasi faoliyati Agentlik tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Agentlikka litsenziyalovchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish, litsenziyalash tartibini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi litsenziyalarning yigʻma reyestrini yuritish, litsenziyalovchi organlar tomonidan avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish vakolatlari yuklanadi.
5. Avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish huquqi uchun namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Litsenziya talabgorining arizasiga koʻra litsenziya umuman faoliyat turiga yoxud uning quyidagi qismlariga beriladi:
a) yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha avtobuslarda tashish;
Keyingi tahrirga qarang.
b) yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha mikroavtobuslarda tashish;
Keyingi tahrirga qarang.
v) yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha yengil avtomobillarda tashish;
Keyingi tahrirga qarang.
g) yoʻlovchilarni shaharda avtobuslarda tashish;
d) yoʻlovchilarni shaharda mikroavtobuslarda tashish;
e) yoʻlovchilarni shaharda yengil avtomobillarda tashish;
j) yoʻlovchilarni shahar atrofida avtobuslarda tashish;
z) yoʻlovchilarni shahar atrofida mikroavtobuslarda tashish;
i) yoʻlovchilarni shahar atrofida yengil avtomobillarda tashish;
k) yoʻlovchilarni shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha avtobuslarda tashish;
l) yoʻlovchilarni shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha mikroavtobuslarda tashish;
m) yoʻlovchilarni shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha yengil avtomobillarda tashish;
n) yoʻlovchilarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha avtobuslarda tashish;
o) yoʻlovchilarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha mikroavtobuslarda tashish;
p) yoʻlovchilarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha yengil avtomobillarda tashish;
r) yuklarni avtomobil transportida shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish;
Keyingi tahrirga qarang.
s) yuklarni avtomobil transportida shaharda tashish;
Keyingi tahrirga qarang.
t) yuklarni avtomobil transportida shahar atrofida tashish;
Keyingi tahrirga qarang.
u) yuklarni avtomobil transportida shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha tashish;
f) yuklarni avtomobil transportida xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Litsenziya 5 yil muddatga beriladi. Litsenziyaning amal qilishi litsenziya berilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Litsenziya bilan birga har bir avtotransport vositasiga litsenziya kartochkasi beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Har bir avtotransport vositasiga litsenziya kartochkasi litsenziyaning amal qilish muddatidan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi. Agar ashyoviy huquqlarning yoki ijara shartnomasining amal qilish muddati litsenziyaning amal qilish muddatidan kam boʻlsa, litsenziya kartochkasining amal qilish muddati ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomasining amal qilish muddati bilan cheklanadi. Litsenziya kartochkasining amal qilishi litsenziya kartochkasi berilgan kundan boshlab hisoblanadi.
Litsenziatning litsenziya kartochkalari bilan taʼminlanmagan avtomobil transporti vositasidan foydalangan holda olgan daromadi (foydasi) noqonuniy hisoblanadi va qonun hujjatlariga muvofiq budjetga olib qoʻyilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Quyidagilar:
litsenziya talabgorining arizasiga koʻra litsenziyalovchi organ qaroriga binoan beriladigan litsenziya bilan birgalikda — birinchi litsenziya kartochkalari;
litsenziya talabgorining arizasiga koʻra avtotransport vositalari harakatdagi tarkibi koʻpaygan taqdirda mavjud litsenziya asosida — qoʻshimcha litsenziya kartochkalari;
litsenziya talabgorining litsenziya kartochkalarini qayta rasmiylashtirish boʻyicha arizasiga koʻra mavjud litsenziya va litsenziya kartochkalari asosida — qayta rasmiylashtirilgan litsenziya kartochkalari beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziya talabgorining arizasiga koʻra yoʻqotib qoʻyilgan yoki yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga — litsenziya kartochkalarining dublikatlari beriladi.
Har bir holatda ariza beruvchi (litsenziya talabgori yoki litsenziat) avtotransport vositalarining mulk huquqi, ashyoviy huquqlar bilan yoki ijara asosida tegishliligini, shuningdek avtotransport vositalarining texnik jihatdan sozligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga avtotransport vositalarining roʻyxatini taqdim etadi, dublikat berish holati bundan mustasno.
II. Litsenziya talablari va shartlari
9. Quyidagilar avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
a) litsenziat tomonidan avtotransport vositalaridan foydalanishda, ularni shaylashda qonun hujjatlariga, tashish qoidalariga majburiy rioya qilinishi, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish chora-tadbirlarining amalga oshirilishi;
b) shtatda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash uchun masʼul boʻlgan, tegishli lavozimni egallash huquqi uchun Agentlik tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtgan mansabdor shaxslarning mavjud boʻlishi;
v) litsenziat foydalanayotgan har bir avtotransport vositasi uchun litsenziya kartochkasi mavjud boʻlishi;
g) avtotransport vositasining belgilangan tartibda texnik koʻrikdan oʻtganligini va texnik jihatdan sozligini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjud boʻlishi;
d) avtomobil transportida yuk tashuvchi yakka tartibdagi tadbirkorning va yuridik shaxs xodimlarining avtomobil transportida yoʻlovchilar va yuk tashishlarni amalga oshirishda qoʻyiladigan malaka talablariga muvofiqligi;
e) qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning ayrim toifalari imtiyozli tashilishi;
j) tendyerlar natijalari boʻyicha, vakolatli organlar bilan shartnoma asosida, shu jumladan Toshkent shahrida — Departament bilan shartnoma asosida yoʻlovchilarni avtomobilda muntazam tashish (liniyadagi taksilardan tashqari);
Keyingi tahrirga qarang.
z) tashish va yongʻin xavfsizligi talablarini bajarish, avtotransport vositasini texnik jihatdan soz holatda saqlash, uni asrash, texnik koʻrikdan oʻtkazish, texnika xavfsizligini taʼminlash, avtotransport vositalarini yoʻlga chiqishdan oldin texnik koʻrikdan oʻtkazish va haydovchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish;
i) yangidan olinayotgan va toʻldirilayotgan avtotransport vositalariga litsenziatlar tomonidan qoʻshimcha litsenziya kartochkalarining oʻz vaqtida olinishi;
k) shaharlararo, viloyatlararo va xalqaro yoʻnalishda avtomobilda tashishlarni amalga oshirayotgan avtotransport vositalarida servis ustaxonasining tamgʻasi qoʻyilgan nazorat priborlari (taxograflar) mavjud boʻlishi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya bitimida mazkur bandda sanab oʻtilganlardan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
III. Litsenziya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
10. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami; jismoniy shaxs uchun yuk tashish huquqiga litsenziya olishda — familiyasi, ismi, otasining ismi, pasportga oid maʼlumotlar va haydovchilik guvohnomasi; faoliyatning litsenziyalanadigan turi (yoxud uning bir qismi) va faoliyatning mazkur turi amalga oshiriladigan muddat koʻrsatilgan holda litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza;
b) yuridik shaxs uchun — yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning tasdiqlangan nusxasi; jismoniy shaxs uchun yuk tashish huquqiga litsenziya olishda — yakka tartibdagi tadbirkorning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
v) mavjud avtotransport vositalarining mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlari, shuningdek Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmatining tegishli boʻlinmasi tomonidan berilgan avtotransport vositasining texnik jihatdan soz ekanligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan avtotransport vositasi texnik pasportining yoki avtotransport vositalari guruhi texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi dalolatnomasining nusxasi;
g) litsenziya talabgorida haydovchilarni tibbiy koʻrikdan va avtotransport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish yoxud litsenziya talabgorining tegishli ixtisoslikdagi tashkilot bilan unga tibbiy koʻrik va texnik koʻrikdan oʻtish imkoniyati berilishi toʻgʻrisidagi shartnomasi nusxasi mavjudligi haqidagi maʼlumotlar;
d) yuk tashish huquqiga litsenziya olishda yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs xodimlari malakasining belgilangan talablar va shartlarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
Keyingi tahrirga qarang.
e) yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxsning yoʻl harakati xavfsizligi taʼminlanishi uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxslarining tegishli attestatsiyadan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
Keyingi tahrirga qarang.
j) litsenziya talabgori tomonidan ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
11. Hujjatlar litsenziyalovchi organga bevosita litsenziya talabgori tomonidan yoxud ular olinganligini tasdiqlovchi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkazib beriladi.
Hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi, uning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana koʻrsatilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
IV. Arizalarni koʻrib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
12. Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun:
jismoniy shaxslardan yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya olish uchun — eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida;
oʻntagacha avtotransport vositasidan foydalanuvchi yuridik shaxslardan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida, oʻnta va undan ortiq avtotransport vositalaridan foydalanuvchi yuridik shaxslardan — eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Litsenziya talabgorining arizasi koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi tegishli ravishda Agentlik yoki Departamentning bankdagi hisob raqamiga oʻtkaziladi. Litsenziya talabgori oʻz hujjatlari koʻrib chiqilayotgan davrda berilgan arizadan voz kechgan taqdirda yigʻim qaytarilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Avtomobil transportida yoʻlovchilar hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash mazkur Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
15. Litsenziya va litsenziya kartochkalari blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanish darajasiga ega boʻladi. Litsenziya blankalari va litsenziya kartochkalari namunalari tegishli ravishda Agentlik yoki Departament tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi hamda ularning buyurtmasiga koʻra “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi. Litsenziya blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun litsenziyalovchi organ rahbari javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Litsenziya talabgoriga avtomobil transportida yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashishga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya talabgorining arizasi barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda olingan kundan boshlab oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziyalovchi organ litsenziya talabgorini qaror qabul qilingani toʻgʻrisida qaror qabul qilingandan keyin uch ish kuni mobaynida xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Litsenziya berishga qaror qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bank hisob raqamining rekvizitlari, davlat bojini toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya talabgori davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgandan va litsenziya bitimini imzolagandan keyin ikki kun muddatda rasmiylashtiriladi.
Litsenziya litsenziyalovchi organ (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi va litsenziatlarga litsenziyalovchi organ tomonidan beriladi.
18. Litsenziat litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi haqidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) vaqtdan boshlab uch oy mobaynida litsenziyalovchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoxud litsenziya bitimini imzolamagan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilishga haqlidir.
19. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilishi toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek litsenziyalovchi organ mansabdor shaxsining xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
20. Litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni takroran koʻrib chiqishga taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Bunda litsenziya berishni rad etishga asos boʻlgan sabablarni bartaraf etish uchun litsenziya talabgoriga 15 kun muddat beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishiga asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish litsenziya talabgorining rad etish sabablari bartaraf etilgani toʻgʻrisidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlar olingan kundan boshlab besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Hujjatlarni takroriy koʻrib chiqishda litsenziyalovchi organ tomonidan ariza beruvchiga ilgari yozma ravishda bayon qilinmagan rad etish sabablari koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Rad etish sabablari bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq boʻlgan rad etish sabablarini koʻrsatish bundan mustasno.
Litsenziya talabgorlarining arizalari takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
V. Litsenziya bitimlari, litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
22. Litsenziyalovchi organ bilan litsenziat oʻrtasidagi oʻzaro huquq va majburiyatlarni belgilovchi litsenziya bitimlari litsenziyalovchi organ va litsenziat oʻrtasida tuziladi hamda ularda quyidagilar boʻlishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishiga litsenziya berilayotgan faoliyat turining (yoki faoliyat turi qismlarining) nomi;
litsenziyaning amal qilish muddati;
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishi ustidan litsenziyalovchi organning nazorat qilish tartibi.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va litsenziyalovchi organ uchun bir nusxadan tuziladi.
23. Litsenziat — yuridik shaxs qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir hafta muddatda koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni taʼsis hujjatlariga kiritilgan roʻyxatdan oʻtkazilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning notarial tasdiqlangan nusxalari, shuningdek davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida litsenziyalovchi organga ariza berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziat — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yashash joyi oʻzgargan taqdirda litsenziat qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin yetti kun muddatda koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida litsenziyalovchi organga ariza berishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar litsenziat unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
24. Litsenziyalovchi organ litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish tegishli hujjatlar ilova qilingan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza litsenziyalovchi organ tomonidan olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning toʻrtdan bir qismi miqdorida yigʻim undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish litsenziatning arizasiga koʻra amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati tamom boʻlgungacha ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uni uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
26. Yoʻqotib qoʻyilgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan amal qilish muddati tugamagan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra dublikat berilishi mumkin.
Litsenziyalovchi organ litsenziya dublikatini tegishli ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida berishi kerak.
Litsenziya dublikati berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning toʻrtdan bir qismi miqdorida yigʻim undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
27. Litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishda litsenziyalovchi organ:
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshiradi;
litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligidan dalolat beruvchi hollar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonunda belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshiradi;
litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻluvchi masalalar yuzasidan litsenziatdan zarur axborotni soʻraydi va oladi;
tekshirishlar natijalari asosida litsenziya talablari va shartlarining aniq buzilishini koʻrsatgan holda dalolatnomalar (maʼlumotnomalar) tuzadi;
aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqaradi, bunday qonun buzilishlarini bartaraf etish muddatlarini belgilaydi;
qonun hujjatlarida belgilangan hollarda litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish yoxud ularni bekor qilish masalasi boʻyicha qaror chiqaradi va/yoki sudga murojaat qiladi;
avtomobil transportida yoʻlovchilar hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyasiz amalga oshirishning aniqlangan hollari toʻgʻrisidagi materiallarni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar koʻrish uchun belgilangan tartibda soliq organlariga yuboradi.
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyani bekor qilish
Keyingi tahrirga qarang.
28. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Bunda litsenziyalovchi organ litsenziyaning amal qilish muddatini oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turadi. Litsenziyaning amal qilish muddatini oʻn ish kunidan ortiq muddatga toʻxtatib turish litsenziyalovchi organning arizasiga koʻra sud tomonidan amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror sud yoki litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan (chiqarilgan) kundan boshlab uch ish kunidan kechikmay, litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlarning litsenziat tomonidan bartaraf etish muddati koʻrsatilgan holda yetkaziladi.
Litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlar litsenziat tomonidan bartaraf etilgan taqdirda litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turgan litsenziyalovchi organ yoki oʻzining arizasiga koʻra litsenziyaning amal qilishi sud tomonidan toʻxtatib turilgan organ koʻrsatib oʻtilgan holatlarning bartaraf etilgani toʻgʻrisidagi tasdiqnoma olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida uning amal qilishini tiklash yoki tiklashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi kerak.
Litsenziyalovchi organ yoki sudning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror litsenziyalovchi organ tomonidan quyidagi hollarda:
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziat litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;
Keyingi tahrirga qarang.
yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan vaqtdan boshlab yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida toʻxtatilganda — qayta tashkil etish vaqtidan boshlab, uning oʻzgartirilishi bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
avtomobil transportida shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashishni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorning — litsenziatning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi toʻxtatilganda;
avtomobil transportida shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashishni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorning — litsenziatning huquqiy muomalaga layoqatliligi cheklanganda yoki u huquqiy muomalaga layoqatli emas deb eʼtirof etilganda;
litsenziyaning amal qilish muddati tugaganda qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror faqat sud tomonidan quyidagi hollarda:
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziya talablari va shartlari bir yil mobaynida litsenziat tomonidan ikki va undan koʻp marta buzilganda, agar ushbu buzilishlar fuqarolarning huquqlariga, qonuniy manfaatlariga va sogʻligʻiga, jamoat xavfsizligiga hamda atrof muhitga zarar yetkazilishiga sabab boʻlganda;
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar litsenziyalovchi organ yoki sud belgilagan muddatda litsenziat tomonidan bartaraf etilmaganda;
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziyalovchi organning litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorining noqonuniyligi aniqlanganda qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qaror sud yoki litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziatga yozma shaklda, qarorni puxta asoslagan holda qaror qabul qilingan (chiqarilgan) sanadan boshlab besh kundan kechikmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal qilishi uni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan boshlab toʻxtatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziyalovchi organ yoki sudning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda faqat sud orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror ushbu qarorni qabul qilgan sud tomonidan litsenziatga yozma shaklda, qarorni puxta asoslagan holda uning qabul qilingan kunidan boshlab uch kundan kechikmay yetkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya berilgan sanadan boshlab amal qiladi.
Litsenziyani bekor qilishda toʻlangan davlat boji qaytarilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
VIII. Litsenziyalar reyestri
31. Litsenziyalovchi organ belgilangan tartibda litsenziyalar reyestrini yuritadi. Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
yuridik shaxsning nomi, uning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
jismoniy shaxs — yakka tartibdagi tadbirkor — avtomobil transportida yuk tashishni amalga oshirish boʻyicha litsenziat uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi;
litsenziyalarning berilgan sanasi va tartib raqami;
litsenziyalarning amal qilish muddati;
Keyingi tahrirga qarang.
umuman faoliyat turiga yoki uning bir qismiga litsenziya berish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish, amal qilish muddatini toʻxtatib turish va tiklashning asoslari va sanasi;
litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
litsenziyalarni bekor qilishning asoslari va sanasi;
dublikatlar berishning asoslari va sanasi.
32. Litsenziyalar reyestridagi mavjud maʼlumotlar yuridik va jismoniy shaxslarning ular bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi, yuridik va jismoniy shaxslar litsenziyalar reyestridan maʼlumotlarni aniq litsenziatlar toʻgʻrisidagi koʻchirma sifatida litsenziyalovchi organga haq toʻlab olishga haqlidir.
Litsenziyalar reyestridan maʼlumot berilganligi uchun eng kam oylik ish haqining toʻrtdan bir qismi miqdoridagi toʻlov litsenziyalovchi organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga litsenziyalar reyestridan maʼlumotlar bepul beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
IX. Davlat boji toʻlash tartibi
33. Avtomobil transportida yoʻlovchilar hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashishga litsenziyalar berilganligi va ularning amal qilish muddati uzaytirilganligi uchun davlat boji Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorlarda undiriladi.
Avtotransport vositalari soni toʻldirilgan (koʻpaytirilgan) taqdirda davlat boji har bir litsenziya kartochkasi uchun qoʻshimcha ravishda undiriladi.
Litsenziyalar berilganligi uchun undiriladigan davlat boji mablagʻlari litsenziyalovchi organning maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi, uning 75 foizi respublika budjetiga yoʻnaltiriladi, qolgan mablagʻlardan litsenziyalovchi organ tomonidan, belgilangan tartibda shaharda yoʻlovchilar tashishni rivojlantirishda foydalaniladi, mablagʻlarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan smetaga muvofiq litsenziyalovchi organ taʼminotiga sarflanadigan qismi bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Avtomobil transportida yoʻlovchilar hamda
yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo
va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini
litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo
va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini
litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Avtomobil transportida yoʻlovchilar hamda yuklarni tashish faoliyatini litsenziyalash sxemasi
Vazirlar Mahkamasining
2006-yil 14-iyuldagi 138-son qaroriga
2-ILOVA
2006-yil 14-iyuldagi 138-son qaroriga
2-ILOVA
Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar
boʻyicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlari
boʻyicha tashish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlari
|
Faoliyat turlari va faoliyat turining qismlari |
Boj miqdori |
| Yoʻlovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish (1 ta transport vositasi hisobiga) | 200,0 |
| shu jumladan litsenziyalanadigan faoliyat turining qismlari: | |
| a) yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha avtobuslarda tashish (har bir oʻrindiq hisobiga) | 7,5 |
| b) yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha mikroavtobuslarda tashish (har bir oʻrindiq hisobiga) | 25,0 |
| v) yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha yengil avtomobillarda tashish (har bir oʻrindiq hisobiga) | 30,0 |
| g) yoʻlovchilarni shaharda avtobuslarda tashish (har bir oʻrindiq hisobiga) | 0,9 |
| d) yoʻlovchilarni shaharda mikroavtobuslarda tashish (har bir oʻrindiq hisobiga) | 4,5 |
| e) yoʻlovchilarni shaharda yengil avtomobillarda tashish (har bir oʻrindiq hisobiga) | 5,0 |
| j) yoʻlovchilarni shahar atrofida avtobuslarda tashish (har bir oʻrindiq hisobiga) | 0,9 |
| z) yoʻlovchilarni shahar atrofida mikroavtobuslarda tashish (har bir oʻri�diq hisobiga) | 4,5 |
| i) yoʻlovchilarni shahar atrofida yengil avtomobillarda tashish (har bir oʻrindiq hisobiga) | 5,0 |
| k) yoʻlovchilarni shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha avtobuslarda tashish (har bir oʻrindiq hisobiga) | 2,5 |
| l) yoʻlovchilarni shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha mikroavtobuslarda tashish (har bir oʻrindiq hisobiga) | 10,0 |
| m) yoʻlovchilarni shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha yengil avtomobillarda tashish (har bir oʻrindiq hisobiga) | 12,0 |
| n) yoʻlovchilarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha avtobuslarda tashish (har bir oʻrindiq hisobiga) | 4,5 |
| o) yoʻlovchilarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha mikroavtobuslarda tashish (har bir oʻrindiq hisobiga) | 12,0 |
| p) yoʻlovchilarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha yengil avtomobillarda tashish (har bir oʻrindiq hisobiga) | 15,0 |
| r) yuklarni avtomobil transportida shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish (har bir yuk koʻtarish birligi hisobiga) | 22,0 |
| s) yuklarni avtomobil transportida shaharda tashish (har bir yuk koʻtarish birligi hisobiga) | 2,5 |
| t) yuklarni avtomobil transportida shahar atrofida tashish (har bir yuk koʻtarish birligi hisobiga) | 2,5 |
| u) yuklarni avtomobil transportida shaharlararo yoʻnalishlar boʻyicha tashish (har bir yuk koʻtarish birligi hisobiga) | 7,5 |
| f) yuklarni avtomobil transportida xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish (har bir yuk koʻtarish birligi hisobiga) | 10,0 |
Izoh: Davlat bojining miqdori eng kam oylik ish haqining davlat bojini toʻlash kunida belgilangan miqdoridan kelib chiqqan holda besh yilga belgilangan. Davlat boji har yili, litsenziyaning amal qilish davrida teng ulushlarda toʻlanishi mumkin. Bunda navbatdagi har yilgi toʻlov litsenziyadan foydalanishning navbatdagi yili boshlangungacha 30 kundan kechikmay toʻlanadi. Navbatdagi toʻlov belgilangan muddatda toʻlanmagan taqdirda litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Transport sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 21-avgustdagi 360-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 73-modda) 1-bandining oltinchi xatboshi, shuningdek 5-ilova, qarorga 7-ilovaning 3-boʻlimi va izohlarining ikkinchi—toʻrtinchi xatboshi.
2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida yoʻlovchi transporti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 31-yanvardagi 11-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 1-son, 6-modda) 1-bandining uchinchi xatboshi, shuningdek qarorga 2-ilova.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun ruxsatnoma turlarini qisqartirish va ularni berish tartib-qoidalarini soddalashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 21-sentabrdagi PQ–186-son qarori)” 2006-yil 22-maydagi 92-son qaroriga ilova 25-bandining “yo” kichik bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 272-modda; 2007-y., 44-son, 446-modda; 2009-y., 52-son, 560-modda; 2011-y., 20-21-son, 201-modda; 2012-y., 6-son, 57-modda, 44-son, 507-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; 2016-y., 25-son. 308-modda; 2017-y., 17-son, 300-modda, 38-son, 1048-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son, 27.07.2018-y., 09/18/583/1582-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son)