Oʻzbekiston Respublikasi PRezidenti huzuridagi
Vazirlar Mahkamasining
Vazirlar Mahkamasining
qarori
AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARINI XARID
QILISH-SOTISH, ALMASHTIRISH VA HADYA ETISH BITIMLARINI
RASMIYLASHTIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA
QILISH-SOTISH, ALMASHTIRISH VA HADYA ETISH BITIMLARINI
RASMIYLASHTIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Avtomototransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini rasmiylashtirishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi davlat notarial idoralariga, mulkchilikning shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻrtasida, fuqarolar oʻrtasida, shuningdek, fuqarolar, korxonalar va tashkilotlar oʻrtasida barcha turdagi avtomototransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etishni tasdiqlash boʻyicha vazifalar yuklatilsin.
Avtomototransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini tasdiqlaganlik uchun korxonalar, tashkilotlar, muassasalardan va fuqarolardan ilovaga muvofiq miqdorlarda poshlina olinadi.
Bunda avtomototransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini tasdiqlashda fuqarolar oʻz daromadlari manbalari toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etmaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazorati organlari tomonidan qayta roʻyxatga olish uchun quyidagicha toʻlovlar belgilansin: avtotransport uchun — 100 soʻm mototransport uchun — 30 soʻm, ularning 30 foizi Davlat avtomobil nazorati organlari ixtiyorida qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Avtomototransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini tasdiqlaganlik uchun davlat notarial idoralari tomonidan undiriladigan poshlina summasi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladigan avtomototransport vositalarini qayta roʻyxatga olish uchun toʻlovlarning 70 foizi mahalliy budjetlar daromadiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolar tomonidan avtomototransport ishlab chiqaruvchi korxonalardan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha, shuningdek, chakana savdo tarmoqlari va kimoshdi savdosidan sotib olingan avtomototransportni rasmiylashtirish poshlina olinmasdan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligiga 62 tadan iborat qoʻshimcha davlat notariuslari va ularni saqlash uchun tegishli budjet mablagʻlari ajratsin.
6. Avtomototransport vositalarining qayta roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun poshlina summasining va toʻlovlarning toʻliq kelib tushishini nazorat qilish respublika soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vitse-Prezidenti Sh.Mirsaidov
Toshkent sh.,
1991-yil 16-sentabr
233-son
Avtomototransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini rasmiylashtirishda davlat notarial idoralari tomonidan undirib olinadigan poshlina stavkalari
JADVALI
|
Transport turi va |
Foydalanish davri | ||
|
3 yilgacha |
3 yildan ortiq |
7 yildan ortiq | |
| Har bir ot kuchi uchun: | |||
| 1. Yuk avtotransporti 100 ot kuchigacha |
50 soʻm |
40 soʻm |
40 soʻm |
| 100 ot kuchidan oshganda |
20 soʻm |
10 soʻm |
5 soʻm |
| 2. Yengil avtotransport 50 ot kuchigacha |
40 soʻm |
30 soʻm |
20 soʻm |
| 50 ot kuchidan oshganda |
20 soʻm |
15 soʻm |
10 soʻm |
| 3. Mototransport xarid qilish-sotish bitimlarini rasmiylashtirganlik uchun |
|
|
|
Eslatma:
almashtirish shartnomasini rasmiylashtirganda poshlina faqat poshlinaning katta summasi undirib olinishi kerak boʻlgan bir mashinadan undirib olinadi;
er-xotinlar, ota-onalar bilan bolalar oʻrtasida shartnoma rasmiylashtirilganda poshlina belgilangan stavkaning 15 foizi miqdorida undirib olinadi;
tugʻishgan aka-ukalar, opa-singillar oʻrtasida shartnoma rasmiylashtirilganda belgilangan stavkaning 25 foizi miqdorida undiriladi;
yoʻl-transport hodisasi tufayli shikastlangan avtomototransport vositasini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimini rasmiylashtirishda poshlina miqdoriga transport vositasining yaroqliligi qoldiq foiziga muvofiq tuzatish kiritiladi, qoldiq foizi bitim ishtirokchilarining xohishi va davlat notariusining topshirigʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi sud-ekspert muassasalari mutaxassislari, bunday muassasalar boʻlmagan viloyatlarda esa “Oʻzavtotexobslujivaniye” korxonalari tomonidan aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1991-y., 9-son,30-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 8-modda; 7-8-son, 66-modda; 22-son, 223-modda; 2006-y., 19-son, 164-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180-son)