Oʻzbekiston Respublikasi PRezidenti huzuridagi
Vazirlar Mahkamasining
Vazirlar Mahkamasining
qarori
AVTOMOTOTRANSPORT VOSITALARINI XARID
QILISH-SOTISH, ALMASHTIRISH VA HADYA ETISH BITIMLARINI
RASMIYLASHTIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA
QILISH-SOTISH, ALMASHTIRISH VA HADYA ETISH BITIMLARINI
RASMIYLASHTIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Avtomototransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini rasmiylashtirishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi notarial idoralariga, mulkchilikning shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻrtasida, fuqarolar oʻrtasida, shuningdek, fuqarolar, korxonalar va tashkilotlar oʻrtasida barcha turdagi avtomototransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etishni tasdiqlash boʻyicha vazifalar yuklatilsin.
Avtomototransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini tasdiqlaganlik uchun korxonalar, tashkilotlar, muassasalardan va fuqarolardan ilovaga muvofiq miqdorlarda poshlina olinadi.
Bunda avtomototransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini tasdiqlashda fuqarolar oʻz daromadlari manbalari toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etmaydilar.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 8-apreldagi 177-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentabrdagi 491-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Belgilab qoʻyilsinki, Avtotransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun notarial idoralari tomonidan undiriladigan poshlinasi summasining 80 foizi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat avtomobil nazorati organlari avtotransport vositalarini qayta roʻyxatga olganliklari uchun undiriladigan summaning 85 foizi mahalliy budjetlarga oʻtkaziladi. Qolgan 20 va 15 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining adliya va sud muassalarini rivojlantirish fondining va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining DAN boshqarmasining hisob-kitob schyotlariga oʻtkaziladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 8-apreldagi 177-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan avtotransport ishlab chiqaruvchi korxonalardan, ularning vakillaridan, vositachi (distribyutor) tashkilotlardan, shuningdek, chakana savdo tarmoqlaridan, respublika, viloyat, tumanlararo taʼminot-savdo bazalaridan va kimoshdi savdolaridan sotib olingan avtomototransportni roʻyxatga olish notarial idorasida xarid qilish-sotish shartnomasini tasdiqlamasdan Davlat avtomobil nazorati organlarida amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 8-apreldagi 177-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Adliya vazirligiga 62 tadan iborat qoʻshimcha davlat notariuslari va ularni saqlash uchun tegishli budjet mablagʻlari ajratsin.
6. Avtomototransport vositalarining qayta roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun poshlina summasining va toʻlovlarning toʻliq kelib tushishini nazorat qilish respublika soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vitse-Prezidenti Sh.Mirsaidov
Toshkent sh.,
1991-yil 16-sentabr
233-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 26-apreldagi 192-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan —OʻRHQT, 1993-y., 3-son, 15-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1991-y., 9-son,30-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 1-2-son, 8-modda; 7-8-son, 66-modda; 22-son, 223-modda; 2006-y., 19-son, 164-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180-son)