Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 03.07.1992 yildagi 669-XII-son
Кучга кириш санаси
27.07.1992
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BAYRAM KUNLARI TOʻGʻRISIDA Tarixan tarkib topgan milliy anʼanalarga asoslanib, demokratizm, insonparvarlik qoidalariga yondashgan holda va fuqarolar oʻrtasida totuvlikni va marhamatlilikni mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi: 1. Quyidagi kunlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida bayram (dam olish) kunlari deb belgilansin: 1-yanvar — Yangi yil, 8-mart — Xotin-qizlar kuni, 21-mart — Navroʻz bayrami, 9-may — Gʻalaba kuni, 1-sentabr — Mustaqillik kuni, Roʻza xayit (Iyid al Fitr)ning birinchi kuni va qurbon xayit (Iyd al Adxa)ning birinchi kuni. 2. Oʻzbekiston Respublikasining 1971-yil 17-dekabrdagi qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat toʻgʻrisidagi qonunlari Kodeksining 77-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1971-yil, № 34, 322-modda; 1977-yil, № 32, 494-modda) quyidagi tahrirda bayon etilsin: “77-modda. Bayram kunlari Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlarda quyidagi bayram kunlarida ishlanmaydi: 1-yanvar — Yangi yil; 8-mart — Xotin-qizlar kuni; 21-mart — Navroʻz bayrami; 9-may — Gʻalaba kuni; 1-sentabr — Mustaqillik kuni; Roʻza xayit (Iyd al Fitr) bayramining birinchi kuni; Qurbon xayit (Iyd al Adxa) bayramining birinchi kuni”. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV Toshkent sh., 1992-yil 3-iyul, 669-XII-son (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 368-modda) |
Закон Республики Узбекистан О ПРАЗДНИЧНЫХ ДНЯХ В РЕСПУБЛИКе УЗБЕКИСТАН Основываясь на исторических национальных традициях, исходя из принципа демократизма, гуманизма и в целях укрепления согласия и милосердия среди граждан, Верховный Совет Республики Узбекистан постановляет: 1. Установить праздничные (нерабочие) дни на территории Республики Узбекистан: 1 января — Новый год, 8 марта — День женщин, 21 марта — Праздник Навруз, 9 мая — День Победы, 1 сентября — День Независимости, первый день религиозного праздника «Руза хайит» (Ийд-ал-Фитр) и первый день религиозного праздника «Курбан хайит» (Ийд-ал-Адха). 2. Статью 77 Кодекса законов о труде Республики Узбекистан, утвержденного Законом Республики Узбекистан от 17 декабря 1971 г. (Ведомости Верховного Совета Республики Узбекистан, 1971 г., № 34, ст. 322; 1977 г., № 32, ст. 494), изложить в следующей редакции: «Статья 77. Праздничные дни: Работа на предприятиях, в учреждениях, организациях не производится в следующие праздничные дни: 1 января — Новый год; 8 марта — День женщин; 21 марта — Праздник Навруз; 9 мая — День Победы; 1 сентября — День Независимости; первый день религиозного праздника «Руза хайит» (Ийд-ал-Фатр); первый день религиозного праздника «Курбан хайит» (Ийд-ал-Адха)». Президент Республики Узбекистан И. КАРИМОВ г. Ташкент, 3 июля 1992 г., № 669-XII (Ведомости Верховного Совета Республики Узбекистан, 1992 г., № 9, ст. 368) |