Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentida yagona axborot-kompyuter tarmogʻini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 21-apreldagi PQ-331-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentida yagona axborot-kompyuter tarmogʻini tashkil etish dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentida axborotlarni toʻplash va qayta ishlashning tashkiliy-funksional sxemasi 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining tarkibiy hududiy boshqarmalari, boʻlimlarini yagona axborot-kompyuter tarmogʻiga ulashning reja-jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi:
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan birgalikda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Dastur va reja-jadvalning oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlasin;
soliq va valyuta-moliya sohasida aniqlangan jinoyatlar va qonun buzilishlari, qonun hujjatlariga muvofiq nazorat qilinadigan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yagona kompyuter bazasini yaratish va yuritishni taʼminlasin.
4.Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 23-iyun,
123-son
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentida yagona axborot-kompyuter tarmogʻini tashkil etish
DASTURI
DASTURI
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish shakli va mexanizmlari |
Bajarish muddatlari |
Masʼul bajaruvchilar |
| 1. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentida yagona axborot-kompyuter tarmogʻini tashkil etish konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash | Konsepsiya | 2006-yil iyul | Bosh prokuratura Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
| 2. | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentida yagona axborot-kompyuter tarmogʻini tashkil etishning dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitobini belgilangan tartibda ishlab chiqish | Dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitob | 2006-yil avgust | Bosh prokuratura Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
| 3. | Moddiy-texnik vositalarga (bino, maxsus mebel, maxsus texnika, aloqa vositalari, avtotransportga) boʻlgan ehtiyojni oʻrganish | Ehtiyojlarni aniqlash | 2006-yil iyul | Bosh prokuratura Moliya vazirligi Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
| 4. | Asbob-uskunalar yetkazib beruvchilarni va dasturiy taʼminlovchilarni belgilash | Tenderlar oʻtkazish | 2006-yil III-IV choraklar | Bosh prokuratura Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
| 5. | Departamentni, uning tarkibiy boʻlinmalarini hamda maʼlumotlarni qayta ishlash markazini zamonaviy kompyuter texnikasi va server asbob-uskunalari, instrumental va litsenziya dasturlari: operatsiya tizimlari, maʼlumotlar bazalarini boshqarish tizimlari, ilovalar bilan taʼminlash boʻyicha idoraviy dasturni ishlab chiqish Dasturni amalga oshirish |
Idoraviy dastur | 2006-yil III chorak 2007-yil I chorak |
Bosh prokuratura Moliya vazirligi Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tenderlar gʻoliblari bilan birgalikda |
| 6. | Axborotlar tizimining texnik loyihasini ishlab chiqish. Tizimning ish loyihasini ishlab chiqish. Oʻrnatilgan texnik vositalarda amaliy dasturiy taʼminlashni installyatsiyalash boʻyicha ishlar | Axborotlar tizimining idoraviy amaliy dasturiy kompleksi | 2006-yil IV chorak - 2007-yil I chorak | Bosh prokuratura Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
| 7. | Departamentni va uning boʻlinmalarini telekommunikatsiyalar va aloqaning, shu jumladan Hukumat aloqasining zarur vositalari bilan taʼminlash | Ulashning reja-jadvali | 2006-yil III chorak | Bosh prokuratura Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
| 8. | Departamentni va uning boʻlinmalarini Internet tarmogʻiga alohida ulashni taʼminlash | Ulashning reja-jadvali | 2006-yil III chorak - 2007-yil I chorak | Bosh prokuratura Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
| 9. | Departamentda va uning tarkibiy boʻlinmalarida korporativ kompyuter tarmoqlarini tashkil etish boʻyicha idoraviy dasturni ishlab chiqish | Idoraviy dastur | 2006-yil III chorak | Bosh prokuratura Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
| 10. | “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentida yagona axborot-kompyuter tarmogʻini tashkil etish” texnik loyihasini ishlab chiqish | Texnik loyiha | 2006-yil IV chorak | Bosh prokuratura Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
| 11. | “Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish va terrorizmni moliyalashtirish masalalari boʻyicha maʼlumotlarni ayirboshlash uchun yagona axborot-kompyuter tarmogʻini boshqa idoralarning axborot tarmogʻiga ulash” dasturini ishlab chiqish Dasturni amalga oshirish |
Idoralararo hujjat | 2006-yil IV chorak 2007-yil II chorak |
Bosh prokuratura Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi Adliya vazirligi Ichki ishlar vazirligi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Davlat mulki qoʻmitasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoli yatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Markaziy bank Tijorat banklari Davlat bojxona qoʻmitasi Davlat soliq qoʻmitasi Davlat statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
| 12. | Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish va terrorizmni moliyalashtirish masalalari boʻyicha axborotlarni tayyorlash va uzatish uchun foydalaniladigan elektron raqamli imzolarni shifrlash kalitlari va sertifikatlarini tayyorlash hamda davlat boshqaruvi organlarini va tashkilotlarni ular bilan taʼminlash | Reja-jadval | 2006-yil IV chorak | Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh prokuratura |
| 13. | Yagona axborot-kompyuter tarmogʻini foydalanishga topshirish Dasturiy taʼminlashni kuzatib borish |
| 2007-yil II chorak 2007-yil oxirigacha | Bosh prokuratura Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
| 14. | Chet ellarga borgan holda shunday tuzilmalarning ish tajribasini oʻrganish | Xizmat safarlari | 2006-2007-yillar | Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
| 15. | Bosh prokuraturani hamda Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentini va ularning tarkibiy boʻlinmalarini idoraviy telefon tarmogʻini tashkil etish uchun zarur ichki aloqa bilan taʼminlash | Ulashning reja-jadvali | 2007-yil I chorak | Bosh prokuratura Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentida axborotlarni toʻplash va qayta ishlashning tashkiliy-funksional sxemasi
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining tarkibiy hududiy boshqarmalarini, boʻlimlarini yagona axborot-kompyuter tarmogʻiga ulashning
R E J A –J A D V A L I
R E J A –J A D V A L I
|
T/r |
Mintaqalar |
Jami boʻlinmalar |
2006-yil |
2007-yil | |
|
III chorak |
IV chorak |
I chorak | |||
| 1. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 17 | 7 | 5 | 5 |
| 2. | Andijon viloyati | 18 | 7 | 6 | 5 |
| 3. | Buxoro viloyati | 14 | 6 | 4 | 4 |
| 4. | Jizzax viloyati | 14 | 6 | 4 | 4 |
| 5. | Qashqadaryo viloyati | 14 | 6 | 4 | 4 |
| 6. | Navoiy viloyati | 11 | 4 | 4 | 3 |
| 7. | Namangan viloyati | 13 | 5 | 4 | 4 |
| 8. | Samarqand viloyati | 17 | 7 | 5 | 5 |
| 9. | Surxondaryo viloyati | 16 | 6 | 5 | 5 |
| 10. | Sirdaryo viloyati | 12 | 5 | 4 | 3 |
| 11. | Toshkent viloyati | 22 | 9 | 7 | 6 |
| 12. | Fargʻona viloyati | 20 | 8 | 6 | 6 |
| 13. | Xorazm viloyati | 12 | 5 | 4 | 3 |
| 14. | Toshkent shahri | 12 | 12 | - | - |
| | Hammasi: | 213 | 93 | 63 | 57 |
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 25-26-son, 236-modda; 2017-y., 24-son, 497-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son)