Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“EKSPORT NAZORATI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
QONUNINING 9-MODDASIGA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
QONUNINING 9-MODDASIGA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan
2006-yil 9-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 10-iyunda
maʼqullangan
2006-yil 9-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 10-iyunda
maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan “Eksport nazorati toʻgʻrisida”gi 658-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 158-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 410-modda) 9-moddasi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Yalpi qirgʻin qurolini ishlab chiqarishda komponentlar sifatida foydalanish mumkin boʻlgan yadroviy, kimyoviy va bakteriologik (biologik) materiallarni, shu jumladan oʻta xavfli infeksiyalarning patogenlari va shtammlarini olib chiqish qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari bilan kelishuvga binoan amalga oshiriladi”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 20-iyun,
OʻRQ-34-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 25-26-son, 223-modda)