Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.04.2019 25.02.2004 yildagi 87-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.04.2019
Hujjat 25.02.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QIShLOQ XOʻJALIGIDA IQTISODIY ISLOHOTLARNI ChUQURLAShTIRISh BOʻYIChA RESPUBLIKA KOMISSIYASI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-apreldagi 300-sonli “Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirish, qishloqda bozor prinsiplari va munosabatlarini keng joriy etish, qishloq xoʻjaligi korxonalarini bozor shart-sharoitlari va talablariga jadal moslashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qabul qilingan hujjatlarning amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish boʻyicha Hukumat komissiyasini tuzish toʻgʻrisida” 2003-yil 19-iyundagi 278-son qarori bilan tuzilgan Hukumat komissiyasi vazifalari va funksiyalarining qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarga oid qismi Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasiga berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sohasidagi qonun hujjatlarini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 3-iyuldagi 281-son qarorining 4-bandi hamda qarorga 2-ilova;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan tuzilgan komissiyalar va kengashlar tarkiblarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2000-yil 30-sentabrdagi 374-son qaroriga 12-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 25-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-fevraldagi 87-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirziyoyev Sh.M.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Komissiya raisi‎
Azimov R.S.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Komissiya raisining oʻrinbosari‎
Barnoyev Oʻ.I.‎ —‎‎ Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat kompleksi kotibiyati yetakchi mutaxassisi, Respublika komissiyasi huzuridagi ishchi guruh rahbari, Komissiya kotibi

‎‎Komissiya aʼzolari:

Joʻrayev A.M.‎ —‎‎ Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri‎
Nurmurodov M.B.‎ —‎‎ Moliya vaziri‎
Obidov O.O.‎ —‎‎ Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri‎
Asqarov M.A.‎ —‎‎ Davlat mulki qoʻmitasi raisi‎
lavozimiga koʻra‎ —‎‎ Yer resurlari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi raisi‎
Qudratov Gʻ.S.‎ —‎‎ Davlat statistika qoʻmitasi raisi‎
Polvon-zoda A.A.‎ —‎‎ Adliya vaziri‎
Abdusalomov M.E.‎ —‎‎ Oliy xoʻjalik sudi raisi‎
Yoqubjonov O. ‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi oʻrinbosari (kelishuv boʻyicha)‎
Bronshteyn V.I.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni bosh konsultanti (kelishuv boʻyicha)‎
Qalibekov I.J.‎ —‎‎ Vazirlar Mahkamasining Agrosanoat kompleksi kotibiyati mudiri ‎
Salimov A.X. —‎‎ Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari‎
Nurmatov Sh.‎ —‎‎ Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining bosh direktori‎
Jumageldiyev M.R.‎ —‎‎ Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari‎
Gadoyev E.F.‎ —‎‎ Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari‎
Haitov A.‎ —‎‎ Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari‎
Voznenko A.N.‎ —‎‎ “Oʻzkimyosanoat” kompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi‎
Ahmedov Sh.‎ —‎‎ “Oʻzneftmahsulot” kompaniyasi raisi‎
Nishonov Sh.N.‎ —‎‎ “Oʻzagromagpservis” uyushmasi raisi‎
Ayupov A.M.‎ —‎‎ “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” kompaniyasi raisi‎
Xolov M.X.‎ —‎‎ “Oʻzgoʻshtsutsanoat” uyushmasi raisi‎
Qobilov S.Sh.‎ —‎‎ Dehqon va fermer xoʻjaliklari uyushmasi raisi‎
Sobirov M.A. —‎‎ Tovarlar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi raisi
Abdullayev S.‎ —‎‎ Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi direktori‎
Toshmatov Q.F.‎ —‎‎ “Paxta-bank” boshqaruvi raisi‎
Oʻrinboyev I,‎ —‎‎ “Gʻalla-bank” boshqaruvi raisi‎
Kaziyev P.R.‎ —‎‎ “Oʻzagrosugʻurta” davlat-aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasi boshqaruvi raisi‎
lavozimiga koʻra*‎ —‎‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hokimlarining qishloq xoʻjaligi boʻyicha oʻrinbosarlari‎
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar: *) Aniq vaziyatga qarab viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalariga mutasaddilik qiluvchi birinchi oʻrinbosarlari komissiya aʼzolari boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda komissiya tarkibiga ularning lavozimiga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 25-fevraldagi 87-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda matnda “Komissiya” deb yuritiladi) faoliyati tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Komissiya oʻz faoliyatini qishloqda agrar va iqtisodiy munosabatlarni isloh qilish taʼminlanishini, islohotlarni amalga oshirishning borishini chuqur tahlil qilishni, qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish boʻyicha takliflar kiritish tashabbusi bilan chiqish va ularni tayyorlashni tashkil etish maqsadida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Komissiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Yer kodeksiga, “Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”, “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, boshqa qonun hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Hukumat qarorlariga va ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Komissiyaning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari huzurida qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha hududiy komissiyalar (keyingi oʻrinlarda matnda “hududiy komissiyalar” deb yuritiladi) faoliyat koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hududiy komissiyalarning nizomlari va tarkiblari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklarining qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Komissiyaning vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi, “Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”, “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”, “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari hamda ular asosida qabul qilingan qishloqda agrar va iqtisodiy munosabatlarni isloh qilishga yoʻnaltirilgan normativ hujjatlarning amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha ishlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarida va Hukumat qarorlarida bayon qilingan talablar hamda qoidalarning oʻz vaqtida va toʻliq bajarilishi ustidan muntazam ravishda monitoring olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloqda agrar va iqtisodiy munosabatlarni isloh qilish sohasida yagona davlat siyosatining izchil oʻtkazilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqorida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarning amalga oshirilishi boʻyicha ishlarning ahvolini chuqur tahlil qilish asosida yilning har choragida tahliliy materiallar va takliflarni Vazirlar Mahkamasi majlislarida koʻrib chiqish uchun taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan bozor prinsiplari va mexanizmlarini boshqaruv tizimiga, xoʻjalik munosabatlariga keng joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligiga rahbarlik qilishning maʼmuriy-buyruqbozlik usullarini qisqartirish, qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining kundalik faoliyatiga maʼmuriy aralashuvni bartaraf etish boʻyicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloqda ijara munosabatlarini rivojlantirish va haqiqiy mulkdorlarni shakllantirish asosida qishloq xoʻjaligidagi ishlab chiqarish munosabatlari va iqtisodiy munosabatlarni isloh qilish jarayonlarini jadallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnomaviy munosabatlar asosida xoʻjalik yuritish tizimini takomillashtirish va rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar va tayyorlovchilar, xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar oʻrtasida tuzilgan shartnomalarning bajarilishi monitoringini muntazam ravishda olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon bozorlarida vujudga kelgan talab va taklif, narxlar konyunkturasidan kelib chiqqan holda bozor prinsiplariga asoslangan qishloq xoʻjaligida narx belgilash tizimi va mexanizmini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklarining iqtisodiy va moliyaviy mustaqilligini ishonchli taʼminlashga yoʻnaltirilgan iqtisodiy, huquqiy shart-sharoitlar va kafolatlarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ga va fermer xoʻjaliklariga ijaraga berilgan yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan monitoring olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarar koʻrib ishlayotgan, past rentabelli va istiqbolsiz qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ni fermer xoʻjaliklariga aylantirishning borishi yuzasidan taʼsirchan monitoring oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloqda zarur xizmatlarning barcha turlarini koʻrsatishga qodir boʻlgan ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi obyektlarini jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar va hududiy komissiyalar bilan birgalikda qishloqda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloqda iqtisodiy islohotlar doimiy ravishda metodik va huquqiy taʼminlanishini, agrobiznes sohasida xoʻjalik yuritishning zamonaviy usullarini biladigan kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloqda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishini tahlil qilish, qishloqda mulkdorlar sinfini shakllantirish boʻyicha ilgʻor tajribani umumlashtirish va ommalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Komissiyaning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Komissiya quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, tashkilotlar rahbar xodimlarining, shuningdek hududiy komissiyalarning qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha ular tomonidan olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga yoʻnaltirilgan normativ hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar va uyushmalardan Komissiyaga yuklangan vazifalarning bajarilishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan axborotlarni soʻrash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirliklar va idoralar mutaxassislarini, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi oliy oʻquv yurtlari olimlari va oʻqituvchilarini materiallarni tayyorlash uchun jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha hududiy komissiyalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan va istiqbolsiz qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari)ni fermer xoʻjaliklariga aylantirish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xoʻjaliklariga aylantirilayotgan past rentabelli, zarar koʻrib ishlayotgan va istiqbolsiz qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) roʻyxatini tegishli vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlari takliflari asosida kelishib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda qishloq xoʻjaligi isloh qilinishi uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxslarning layoqatliligini va ularning amaliy faoliyati natijalarini baholash, oʻz vakolatlari doirasida agrosanoat kompleksini yuqori malakali mutaxassislar bilan mustahkamlashga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Komissiya faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Komissiyaga rais boshchilik qiladi, u ishlarni boshqaradi, komissiya majlislarini olib boradi, majlislar protokollarini, ish rejalarini va komissiyaning boshqa hujjatlarini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Komissiya majlislari tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq yilning har choragida kamida bir marta oʻtkaziladi. Komissiya raisi tomonidan navbatdan tashqari majlislar chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Komissiyaning koʻrib chiqilayotgan masala boʻyicha qarori, agar uning uchun komissiya aʼzolarining koʻpchiligi oddiy ovoz berish yoʻli bilan ovoz bersa, qabul qilingan hisoblanadi. Komissiyaning har bir aʼzosi qabul qilinayotgan qarorlar boʻyicha oʻz fikrini yozma ravishda bildirishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Komissiya raisi bilan kelishuvga koʻra uning majlisda xolisona sabablarga koʻra qatnashmayotgan komissiya aʼzolarini ularning ovoz berish huquqisiz qatnashuvchi vakolatli vakillari almashtirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qarorlarni tezkor qabul qilish maqsadida komissiya raisi komissiya aʼzolari bilan soʻrov yoʻli bilan kelishilgan alohida masalalar boʻyicha komissiya qarorlarini tasdiqlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Zarurat boʻlganda komissiya majlisiga koʻrib chiqilayotgan masalalarning xususiyatiga qarab vazirliklar va idoralarning, jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar va mehnat jamoalarining rahbarlari taklif qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Komissiya yilning har choragida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Komissiya majlisiga materiallarni tayyorlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Komissiya majlisiga materiallar ishchi organ tomonidan manfaatdor vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek ularni tayyorlash uchun masʼul boʻlgan komissiya aʼzolari bilan birgalikda komissiyaning ish rejasiga muvofiq tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Komissiya majlisining kun tartibidagi har bir masalaga doir hujjatlarda qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan materiallar (tahliliy maʼlumotnomalar, jadvallar va boshqalar) va komissiya qarori loyihasi mavjud boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Komissiyaning ishchi organi va kotibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi hamda “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasining yuqori malakali mutaxassislaridan 5 kishidan iborat tarkibdagi doimiy ishlaydigan ishchi guruh komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Komissiyaning ishchi organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiyaning navbatdagi davr uchun ish rejasi loyihasini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiyaning navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi hamda vazirliklar, idoralar, yuridik shaxslar birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tijorat banklari, korxonalar va komissiya aʼzolaridan zarur materiallarni va ekspert xulosalarini olish huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tahliliy materiallar tayyorlanishini va kun tartibidagi masalalar boʻyicha komissiya majlislari oʻtkazilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiyaning koʻrib chiqishi uchun qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlari monitoringining axborot va tahliliy materiallarini taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy komissiyalar faoliyatini va komissiyaning qabul qilingan qarorlari bajarilishini joylarga borib oʻrganadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya aʼzolarini va taklif etilgan shaxslarni tegishli materiallarni joʻnatgan holda majlisning oʻtkaziladigan sanasi, vaqti, joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning koʻrib chiqishi uchun uning qarorlariga muvofiq boshqa materiallarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Komissiya kotibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishchi guruh ishlariga rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya qarorlarining bajarilishi monitoringini olib boradi va uning natijalarini komissiya majlisida koʻrib chiqish uchun taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya majlisiga materiallarni tayyorlash boʻyicha ishchi guruhning ishlarini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya raisi bilan majlislar oʻtkaziladigan muddatni va joyni, shuningdek taklif etiladiganlar tarkibini kelishib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya protokollarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan protokollarni komissiya aʼzolariga, manfaatdor vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlariga joʻnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Komissiyani tugatish yoki qayta tuzish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 8-son, 97-modda; 2005-y., 5-6-son, 34-modda, 8-9-son, 67-modda; 2006-y., 12-13-son, 105-modda; 2009-y., 21-son, 252-modda; 2013-y., 1-son, 8-modda; 2017-y., 26-son, 593-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son, 16.07.2018-y., 09/18/539/1519-son)