Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.05.2021 07.07.2006 yildagi O‘RQ-39-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.05.2021
Hujjat 08.07.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ShAHARSOZLIK KODEKSIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan
2006-yil 22-fevralda qabul qilingan

Senat tomonidan 2006-yil 9-iyunda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi 2021-yil 22-fevraldagi OʻRQ-676-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksini tasdiqlash haqida”gi Qonuniga asosan 2021-yil 23-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 4-aprelda qabul qilingan 353-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 63-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 21-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“21-modda. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhi ishlab chiqilishini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar (viloyatlar guruhlari) hududini rejalashtirish tarhlari va umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishi, shuningdek shaharsozlik faoliyati sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari tashkil etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlanishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatiga berilgan shaharlarning bosh rejalarini istisno qilganda, shaharlarning, shahar posyolkalarining bosh rejalarini hamda Toshkent shahrining markaziy qismlarini, viloyatlarning maʼmuriy markazlarini, shuningdek madaniy meros obyektlariga ega boʻlgan shaharlarni batafsil rejalashtirish loyihalarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlari uchun chegaralar belgilash haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik normalari va qoidalari, shaharsozlik hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish masalalari yuzasidan uslubiy hujjatlar, shuningdek shaharsozlik toʻgʻrisidagi boshqa qonun hujjatlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat arxitektura-qurilish nazoratini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga, qurilish ishlari, binokorlik materiallari va buyumlari sifati hamda texnologiyalarining davlat standartlariga, shuningdek shaharsozlik toʻgʻrisidagi boshqa qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishda standartlashtirish va binokorlik materiallari hamda buyumlarini sertifikatlash ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat shaharsozlik kadastri yuritilishini va shaharsozlik faoliyati obyektlari monitoringi olib borilishini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik hujjatlari amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borilishi tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik faoliyati ayrim turlarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda litsenziyalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini shaharsozlik faoliyatidan muntazam xabardor qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik hujjatlari masalalari boʻyicha buyurtmachilar, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va boshqa tashkilotlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik faoliyati obyektlarini roʻyxatga oladi hamda obyektlar qurilishiga ruxsatnoma beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachining texnik nazoratni amalga oshirishga doir ishini tekshiradi va texnik nazorat sifatsiz amalga oshirilgan taqdirda, unga nisbatan javobgarlik choralari qoʻllash haqida belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat standartlari va texnik shartlar buzilganligi aniqlangan taqdirda, binokorlik materiallari hamda buyumlari ishlab chiqarilishi, realizatsiya qilinishi va qoʻllanilishini, normativ talablar hamda tasdiqlangan loyiha yechimlari chidamlilik, puxtalik xususiyatlari pasayishiga sabab boʻlgan darajada buzilganda, shuningdek binolar va inshootlarning avariya xavfi boʻlgan, obyektlar oʻzboshimchalik bilan qurilgan taqdirda qurilish-montaj ishlarini davom ettirishni toʻxtatib turadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharsozlik faoliyati sohasidagi huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarimalar soladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugallangan qurilish obyektlarini foydalanishga qabul qilib olish boʻyicha komissiyalarning ishida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tizimiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar hamda Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanlar hamda shaharlar arxitektura va qurilish boshqarmalari (boʻlimlari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ekspertizasi hududiy boshqarmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar hamda Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalariga, tumanlar hamda shaharlar arxitektura va qurilish boshqarmalariga (boʻlimlariga) tegishli bosh arxitektorlar boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari, shuningdek tumanlar hamda shaharlar arxitektura va qurilish boshqarmalari (boʻlimlari) oʻz vakolatlariga taalluqli masalalarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasiga, tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga boʻysunadilar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 24 va 25-moddalar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 54-moddadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining davlat arxitektura-qurilish nazorati organlari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, uning davlat arxitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishni moliyalashtirish ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan manbalardan tashqari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasarrufiga davlat korxonalarini xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlarning bir qismi hisobidan ham amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi va toʻrtinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 7-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-39-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 27-son, 245-modda)