Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH, SHUNINGDEK BAʼZILARINI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “MOLIYA-IQTISODIY, SOLIQ SOHASIDAGI JINOYATLARGA, JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA QARSHI KURASHISHNI KUCHAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2006-YIL 21-APRELDAGI PQ-331-SON QARORI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya-iqtisodiy, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 21-apreldagi PQ-331-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi “Soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 28-noyabrdagi 415-son qarorining 1, 2, 4, 6-bandlari, shuningdek ushbu qarorga 5-ilovaning 2—4-bandlari;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 9-10-son, 48-modda) 1-ilovaning 33-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 6-iyul,
130-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatchilarining lavozim maoshlariga yigirma foizli ustama haq belgilash toʻgʻrisida” 1997-yil 3-iyuldagi 339-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xizmatchilarining lavozimlari roʻyxatida:
a) “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq,
valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
legallashtirishga qarshi kurashish departamenti
valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
legallashtirishga qarshi kurashish departamenti
Departament boshligʻi
Departament boshligʻining birinchi oʻrinbosari
Departament boshligʻining oʻrinbosari
Departament boshligʻi yordamchisi
Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari
Bosh inspektor
Katta inspektor
Inspektor
Boʻlim mudiri
Boʻlim mudiri oʻrinbosari
Bosh taftishchi
Katta taftishchi
Bosh surishtiruvchi
Katta surishtiruvchi
Katta kriminalist
Kriminalist
Inspeksiya boshligʻi
Yetakchi mutaxassis
I toifali mutaxassis”;
b) “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri prokuraturalari huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmalari” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan
daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari
daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari
Boshqarma boshligʻi
Boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari
Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari
Boʻlinma boshligʻi
Boʻlim boshligʻi
Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari
Katta inspektor
Inspektor
Bosh taftishchi
Katta taftishchi
Taftishchi
Bosh surishtiruvchi
Katta surishtiruvchi
Katta kriminalist
Kriminalist
Bosh mutaxassis
I toifali mutaxassis”;
v) “tuman prokuraturalari huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimlari” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan
daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining tuman
(shahar) boʻlimlari
daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining tuman
(shahar) boʻlimlari
Boʻlim boshligʻi
Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari
Bosh surishtiruvchi
Surishtiruvchi
Katta inspektor
Inspektor”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1998-yil 12-yanvardagi 14-son qarorining 5-bandi ikkinchi xatboshida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 1-son, 2-modda) “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” soʻzlari “soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 27-maydagi 232-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 5-son, 20-modda) 1-ilovaning “Kafolatlar mazmuni” ustunining 7-bandi ikkinchi xatboshida “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” soʻzlari “soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyot va soliq sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2001-yil 6-iyuldagi 291-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 7-son, 37-modda):
a) 1-banddagi “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” soʻzlari “soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2—6-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 7-bandning oltinchi xatboshidagi “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” soʻzlari “soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 4-ilovaning nomida “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” soʻzlari “soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 4a-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin;
“Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 6-iyuldagi 291-son qaroriga
4a-ILOVA
2001-yil 6-iyuldagi 291-son qaroriga
4a-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarining darajali maxsus unvonlari
e) 6-ilovada:
1-bandning nomidagi “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” soʻzlari “soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “yuridik, iqtisodiy, moliyaviy maʼlumotga ega boʻlgan” soʻzlari “yurisprudensiya, iqtisodiyot va axborot texnologiyalari sohasida maʼlumotga ega boʻlgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ilovaning nomidagi va birinchi xatboshidagi “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” soʻzlari “soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga tovarlar olib kelinishini tartibga solish toʻgʻrisida” 2002-yil 6-maydagi 154-son qarorining 6-bandi birinchi xatboshidagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 24-modda) “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” soʻzlari “soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining “Pul mablagʻlarining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 5-avgustdagi 280-son qarorining 2-bandi ikkinchi xatboshidagi va 8-bandidagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 8-son, 46-modda) “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” soʻzlari “soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Nazorat-kassa mashinalaridan foydalanishda javobgarlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 23-maydagi 230-son qarorining 5-bandidagi (Oʻzbekiston Respublikasi, QT, 5-son, 41-modda) “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” soʻzlari “soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining “Loteriyalar, totolizator va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 16-iyuldagi 314-son qarorining 4-bandi toʻrtinchi xatboshidagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 62-modda) “Bosh prokuratura huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish” soʻzlari “Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari bilan savdo qilishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2003-yil 28-iyuldagi 330-son qarorining 5-bandidagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 7-son, 68-modda) “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” soʻzlari “soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining “Spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish ustidan davlat nazoratini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 15-yanvardagi 24-son qarorining 6-bandidagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 1-son, 4-modda) “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” soʻzlari “soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 29-son, 335-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi — OʻR QHT, 2017-y., 7-son, 89-modda)
13. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 100-modda):
3-bandning birinchi xatboshidagi “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” soʻzlari “soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — OʻR QHT, 2010-y., 14-15-son, 106-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
14. Vazirlar Mahkamasining “Etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2005-yil 30-dekabrdagi 285-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 68-modda) 1-ilovadagi “soliq va valyutaga oid jinoyatlarga” soʻzlari “soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 27-son, 250-modda; 2009-y., 29-son, 335-modda; 2010-y., 14-15-son, 106-modda; 2011-y., 47-son, 488-modda; 2012-y., 35-son, 403-modda; 2017-y., 7-son, 89-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.08.2019-y., 09/19/707/3626-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son; 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)