Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2018 31.05.2006 yildagi PQ-360-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2018
Hujjat 19.01.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChIGIT YETKAZIB BERISh MEXANIZMINI HAMDA OʻSIMLIK YoGʻI VA YoGʻ-MOY MAHSULOTLARI SOTIShNI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Paxta tozalash zavodlari tomonidan chigitni qayta ishlash uchun yetkazib berish tizimi va mexanizmlarini yanada takomillashtirish, oʻsimlik yogʻi va boshqa yogʻ-moy mahsulotlarini sotishni tartibga solish, paxta tozalash va yogʻ-moy sanoati korxonalarida hisobga olish va hisobot tizimini takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi oʻzining tarkibiga kiruvchi korxonalar hamda Oʻzbekiston “Sifat” markazi bilan birgalikda:
(1-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-yanvardagi PF-4911-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 2-son, 26-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston “Sifat” markazining chigitdan foydalanishni nazorat qilish boʻyicha Inspeksiyasi vakillari ishtirokida yogʻ-moy korxonalari tomonidan texnik chigitni bevosita paxta tozalash korxonalarida qabul qilishning belgilangan tartibiga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili paxta xomashyosi va chigitni qayta ishlash yakunlanganidan soʻng barcha paxta tozalash va yogʻ-moy korxonalarida chigitni inventarizatsiya qilish va tozalashni amalga oshirsin. Inventarizatsiya maʼlumotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot yilining 1-avgustigacha taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Respublika yogʻ-moy korxonalari chigitdan ishlab chiqaradigan oʻsimlik yogʻi respublika ichki isteʼmol bozorida va eksportga toʻliq sotiladigan tartib-qoida belgilansin. Bunda oʻsimlik yogʻi 1-ilovaga* muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasidagi ochiq, birja savdolari orqali — savdo tashkilotlariga hamda sanoatda qayta ishlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar va tartibga solinadigan narxlar boʻyicha — budjet tashkilotlari hamda maxsus isteʼmolchilarga sotiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja savdolari orqali va respublikaning tashqi savdo kompaniyalari bilan tuzilgan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha eksport qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, aholiga oʻsimlik yogʻini sotish faqat yuridik shaxs maqomiga ega chakana savdo tashkilotlari tomonidan nazorat-kassa apparatlari bilan jihozlangan muqim savdo shaxobchalari orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3 va 4-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-apreldagi PQ-842-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 17-son, 130-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda 2006-2007-yillarda qishloq xoʻjaligi korxonalari va aholiga qulay shart-sharoitlar yaratishni hisobga olib joylashtirilishini nazarda tutgan holda qishloq joylarda shrot va sheluxa sotishga ixtisoslashtirilgan punktlar tashkil etilishini 3-ilovadagi* vazifaga muvofiq taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi, yogʻ-moy va paxta tozalash sanoati korxonalari rahbarlari zimmasiga tegishli tarzda:
(6-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-yanvardagi PF-4911-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 2-son, 26-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik chigit va uni qayta ishlash mahsulotlari hisobga olinishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻsimlik yogʻi, shrot va paxta sheluxasi sotishning belgilangan mexanizmini taʼminlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Oʻzbekiston “Sifat” markazi 2006-yil 1-avgustgacha boʻlgan muddatda amaldagi idoraviy hujjatlarni qayta koʻrib chiqsin hamda gʻoʻzaning har bir seleksiya qilingan va sanoat navlari boʻyicha paxta tolasi, chigit va paxta xomashyosidan boshqa paxta mahsulotlari chiqishi normativlari boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi 2006-yil 1-avgustgacha boʻlgan muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda yogʻ-moy sanoati korxonalarida xomashyo, materiallar va tayyor mahsulotni hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston “Sifat” markazi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda yogʻ-moy sanoati korxonalarida paxta xomashyosining texnik chigitini qayta ishlashda mahsulot chiqishi va nobudgarchiligi normativlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga shrot va paxta sheluxasini sotishning ochiq va oshkoraligini taʼminlasin;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-yanvardagi PF-5304-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 06/18/5304/0591-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va gʻamlash korxonalar uyushmasi — “Oʻzbekoziqovqatzaxira”, “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi qishloq tumanlari aholisini, ayniqsa olis va togʻli tumanlarda joylashgan aholi punktlarini oʻsimlik yogʻi bilan, uning narxi asossiz qimmatlashuviga yoʻl qoʻymagan holda, barqaror taʼminlash boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
(9-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 16-sentabrdagi PF-4841-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 38-son, 442-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralarning normativ hujjatlari mazkur qarorga muvofiq boʻlishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 31-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-360-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 23-son, 203-modda; 2008-y., 17-son, 130-modda; 2011-y., 50-son, 512-modda; 2013-y., 1-son, 3-modda; 2016-y., 38-son, 442-modda, 46-son, 527-modda, 47-son, 537-modda; 2017-y., 2-son, 26-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2018-y., 06/18/5304/0591-son, 20.02.2018-y., 06/18/5348/0789-son)