Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH, SHUNINGDEK BAʼZILARINI OʻZ KUCHINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASH TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “MIKROKREDITBANK” AKSIYADORLIK-TIJORAT BANKINI TASHKIL ETISH TOʻGʻRISIDA” 2006-YIL 5-MAYDAGI PF-3750-SON FARMONI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 5-maydagi PF–3750-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Respublika tijorat banklarini rivojlantirish va jihozlashda yordam koʻrsatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 3-yanvardagi 1-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Madad” agentligini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1995-yil 26-iyuldagi 292-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 7-son, 25-modda) 1-bandining uchinchi—oʻn ikkinchi xatboshi;
Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkor” aksiyadorlik-tijorat bankining moliyaviy ahvolini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 23-sentabrdagi 449-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 16-iyun,
117-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 28-iyundagi 318-son qaroriga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1994-yil 11-fevraldagi 69-son qarorida:
1-banddagi “Tadbirkor” soʻzi “Mikrokreditbank” soʻzi bilan almashtirilsin, shuningdek “va Oʻzbekiston aksiyadorlik innovatsiya bankiga” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2-banddagi “Oʻztadbirkorbank” soʻzi “Mikrokreditbank” soʻzi bilan almashtirilsin, shuningdek “Oʻzinbank” soʻzi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 24-martdagi 96-son qarorining 12-bandidagi “Oʻztadbirkorbank” soʻzi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Kichik tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 27-maydagi 232-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 5-son, 20-modda) 2-ilovaning “Organning nomi” ustuni toʻrtinchi pozitsiyasidagi “Oʻztadbirkorbank” soʻzi “Mikrokreditbank” soʻzi bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “2003—2007-yillar davrida Qoraqalpogʻiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi barqaror rivojlantirilishini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2002-yil 1-avgustdagi 276-son qarorining 5-bandidagi “Oʻztadbirkorbank” soʻzi “Mikrokreditbank” soʻzi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “Kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2003-yil 24-dekabrdagi 563-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 12-son, 131-modda):
2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Belgilansinki, “Tadbirkor” aksiyadorlik-tijorat banki negizida tashkil etilgan “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki “Biznes-fond” aksiyadorlik jamiyatidan “Tadbirkor” aksiyadorlik-tijorat bankiga berilgan kredit resurslarini alohida maxsus hisob raqamida jamlash, taqsimlash va hisobga olishni taʼminlaydi”;
3-bandning birinchi xatboshidagi “2004-yil 1-yanvardan boshlab “Tadbirkor” aksiyadorlik-tijorat bankiga” soʻzlari “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “Oʻztadbirkorbank” soʻzi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining “Plastik kartochkalar asosida hisob-kitob qilish tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 24-sentabrdagi 445-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 9-son, 94-modda) 1-ilovaning 10-bandidagi “Oʻztadbirkorbank” soʻzi “Mikrokreditbank” soʻzi bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 24-son, 219-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)