Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.12.2017 09.06.2006 yildagi 113-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.12.2017
Hujjat 09.06.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDA XUSUSIYLAShTIRISh, KORPORATIV BOShQARUVNI VA QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORINI RIVOJLANTIRISh MUAMMOLARINI TADQIQ ETISh MARKAZINI TAShKIL QILISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1012-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususiylashtirish, qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish, korporativ boshqaruvni takomillashtirish strategik yoʻnalishlarini amalga oshirishda iqtisodiyot fanining rolini oshirish, shuningdek, davlat mulkini boshqarishning samarali tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Bozor islohotlarini chuqurlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti negizida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirish, korporativ boshqaruvni va qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Bozor islohotlarini chuqurlashtirish ilmiy-tadqiqot institutining shartnomalari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar markazning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkiy munosabatlarni qayta oʻzgartirish jarayonlarini tahlil qilish, xususiy mulkni yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilashga doir takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, xususiylashtirish jarayonlarining eng yuqori darajada soddalashtirilishini va oshkoraligini taʼminlash mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkini boshqarish, xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarish institutlari va mexanizmlarini yanada rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarni integratsiyalashtirilgan korporativ tuzilmalarga birlashtirish nazariyasi va amaliyotini oʻrganish, faoliyat koʻrsatayotgan xoʻjalik birlashmalarini isloh qilish va ularning yangilarini tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar va koʻchmas mulk bozorlarini, ularning infratuzilmalarini rivojlantirishning ahvoli va tendensiyalarini tahlil qilish, ularning iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitlarida faoliyat koʻrsatishini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy ishlarni tayyorlash va nashr etish, shuningdek, Markaz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha normativ-huquqiy va metodik hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, Davlat mulki qoʻmitasi tizimi xodimlari malakasini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Markazning ilovaga muvofiq tashkiliy tuzilmasi tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz xodimlarining cheklangan soni 43 nafardan, shu jumladan ilmiy xodimlari soni 37 nafardan iborat etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning rahbar va ilmiy xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari uchun amalda boʻlgan ish va mehnatga haq toʻlash shart-sharoitlari tatbiq etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz direktoriga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan kelishgan holda Markazning tashkiliy tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Markazni mablagʻ bilan taʼminlashning asosiy manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fan va texnologiyalar markazi hamda Yirik ilmiy va investitsiya loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish kengashi tomonidan oʻtkaziladigan grant tanlovlari natijalari boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy tadqiqotlar oʻtkazishga hamda normativ-huquqiy, metodik va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlashga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan ajratiladigan mablagʻlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya tashkilotlari va donor tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet tashkilotlar va korxonalar buyurtmasi boʻyicha bajarilgan ishlardan tushgan mablagʻlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga, zarurat boʻlganda, Markazning egallab turilgan maydonlar uchun foydalanish xizmatlari toʻlovi bilan bogʻliq xarajatlarini Xususiylashtirish davlat dasturini amalga oshirish xarajatlari uchun Davlat mulki qoʻmitasi ixtiyorida qoldiriladigan mablagʻlar hisobiga qoplashga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda Markaz ustavini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning rahbarlari va ilmiy xodimlari tarkibini xususiylashtirish, korporativ boshqaruv va qimmatli qogʻozlar bozori sohasidagi malakali kadrlar bilan mustahkamlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzurida Bozor islohotlarini chuqurlashtirish ilmiy-tadqiqot institutini tashkil etish toʻgʻrisida” 1997-yil 15-yanvardagi 27-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 1-son, 2-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 9-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113-son

Vazirlar Mahkamasining 2006-yil
9-iyundagi 113-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Xususiylashtirish, korporativ boshqaruvni va qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 23-son, 211-modda,40-son, 396-modda)