Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING BIRJA SAVDOLARIDA TUZILADIGAN EKSPORT-IMPORT KONTRAKTLARINI TUZISh VA RASMIYLAShTIRISh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh BILAN BOGʻLIQ AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Tovar-xomashyo birjalari savdolarida tuziladigan eksport-import kontraktlarini tuzish va rasmiylashtirish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda vazirliklar va idoralar tomonidan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 29-may,
96-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 31-martdagi 137-son qarori 7-bandining ikkinchi xatboshiga “roʻyxatdan oʻtkazadi” soʻzlaridan keyin “birja savdolarida tuziladigan kontraktlar (shartnomalar) bundan mustasno” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Birja va yarmarka savdosining samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1999-yil 15-apreldagi 174-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 19-modda):
2-bandning ikkinchi xatboshidagi “yarmarka savdolarida” soʻzlari “koʻrgazma-yarmarka savdolarida, shu jumladan ixtisoslashtirilgan savdo maydonchalari orqali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Belgilab qoʻyilsinki, birja va koʻrgazma-yarmarka savdolarida kafolat xatlari bilan taʼminlangan va oldindan eʼlon qilinadigan birja va koʻrgazma-yarmarka byulletenlariga kiritilgan barcha turdagi tovarlar belgilangan tartibda eksportga sotilishi mumkin, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan eksport qilish taqiqlangan tovarlar bundan mustasno”;
nomidagi, 1 va 2-bandlardagi “yarmarka savdolarida” soʻzlari “koʻrgazma-yarmarka savdolarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Birjalarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda birja bitishuvlarining barcha turlari sodir etilishi mumkin”;
4-banddagi “Birjada tovarni sotishga kontraktlar” soʻzlari “Birjada bitishuvlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Sotuvchi tovarni sotuvga qoʻyayotganda birjaga:
tovarning mavjudligini yoki ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan uning tayyorlanishini tasdiqlovchi — kafolat taʼminoti mablagʻlarini toʻlagan holda birja bitishuvlari amalga oshirilgan taqdirda, shuningdek tovarning qonun hujjatlarida belgilangan sifat talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi kafolat xatini;
kafolat taʼminoti mablagʻlari toʻlanmagan holda birja bitishuvlari amalga oshirilgan taqdirda — ombor maʼlumotnomasini;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa hujjatlarni taqdim etadi”;
6-band chiqarib tashlansin;
10-banddagi “Naqd tovarga doir bitimlar” soʻzlari “Real tovarga doir bitishuvlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13-banddagi “yarmarka savdolari” soʻzlari “koʻrgazma-yarmarka savdolari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“15. Birjada tuzilgan barcha eksport kontraktlari, kontrakt tuzilgan kunda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha AQSh dollaridagi ekvivalenti koʻrsatilgan holda, birjada yoki uning filialida (ixtisoslashtirilgan savdo maydonchasida) roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda birja brokerlari tomonidan kontrakt tuzilgan joydagi hududiy bojxona organlariga yuboriladi. Bojxona organlari masʼul xodimlarni belgilaydi, ular kelishilgan jadvalga binoan birja brokerlaridan tasdiqlangan kontraktlarni qabul qiladilar, belgilangan tartibda rasmiylashtiradilar va kontrakt kelib tushgan vaqtdan boshlab ikki ish kunida ularni brokerlarga qaytaradilar. Koʻrsatib oʻtilgan kontraktlar bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish uchun asos hisoblanadi”;
16-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“16. Tovar-xomashyo birjalari savdolarining barcha qatnashchilari uchun real vaqt rejimida tashkil etilib oʻtkazilgan birja savdolari natijalariga koʻra tuzilgan eksport kontrakti:
tovar-xomashyo birjalari savdolarida tuziladigan kontraktlarga identifikatsiya raqamlari berishning tasdiqlangan tartibiga muvofiq birjada yoki uning filialida (ixtisoslashtirilgan savdo maydonchasida) roʻyxatdan oʻtkaziladi;
birjada yoki uning filialida (ixtisoslashtirilgan savdo maydonchasida) rasmiylashtiriladi hamda ularning muhri bilan tasdiqlanadi.
Eksport kontraktida:
birja savdosi oʻtkazilgan sana;
birja savdosi protokolining tartib raqami koʻrsatilishi shart.
5-bandda sanab oʻtilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun ushbu maʼlumotlarni imzolagan mansabdor shaxslar javob beradi.
Eksport kontraktlarining toʻgʻri rasmiylashtirilishi va hisobga qoʻyilishi uchun brokerlar va ularning mijozlari javob beradi.
Eksport kontraktlarining birjada roʻyxatdan oʻtkazilishi uchun birja javob beradi”;
17-banddagi “yarmarka savdolarida” soʻzlari “koʻrgazma-yarmarka savdolarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
19-band chiqarib tashlansin;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oʻttiz ikkinchi — oʻttiz sakkizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 379-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2013-y., 2-son, 24-modda)
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Mazkur Tartib tovar-xomashyo birjalarining birja va koʻrgazma-yarmarka savdolarida, shu jumladan ixtisoslashtirilgan savdo maydonchalari (keyingi oʻrinlarda “birja” deb ataladi) orqali sotish uchun ruxsat berilgan tovarlarni faqat erkin almashtiriladigan valyutaga sotishning asosiy shartlarini belgilab beradi”;
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Tovar-xomashyo birjalarining savdolarida tovarlarni xorijiy valyutaga eksportga sotish real tovarga bitishuv tuzish yoʻli bilan amalga oshiriladi”;
4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“4. Sotuvchi tovarni sotuvga qoʻyayotganda birjaga:
tovarning mavjudligini yoki ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan uning tayyorlanishini tasdiqlovchi — kafolat taʼminoti mablagʻlarini toʻlagan holda birja bitishuvlari amalga oshirilgan taqdirda, shuningdek tovarning qonun hujjatlarida belgilangan sifat talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi kafolat xatini;
kafolat taʼminoti mablagʻlari toʻlanmagan holda birja bitishuvlari amalga oshirilgan taqdirda — ombor maʼlumotnomasini;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa hujjatlarni taqdim etadi”;
6-bandning ikkinchi xatboshidagi “valyuta mablagʻlari” soʻzlari “xorijiy valyutadagi mablagʻlar” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning qirq uchinchi va qirq toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 16-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida birja va yarmarka savdosini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 6-maydagi 223-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 5-son, 25-modda):
qarorning nomidagi “yarmarka savdosini” soʻzlari “koʻrgazma-yarmarka savdosini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “(ishlar, xizmatlar)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Import tovarlarni birja va koʻrgazma-yarmarka savdolarida, shu jumladan ixtisoslashtirilgan savdo maydonchalari orqali sotuvga qoʻyishda sotuvchi yoki sotuvchining brokeri birjaga:
sotuvga qoʻyilayotgan tovarga uning mijozining mulk huquqini, tovarning mavjudligini yoki ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan uning tayyorlanishini tasdiqlovchi — kafolat taʼminoti mablagʻlarini toʻlagan holda birja bitishuvlari amalga oshirilgan taqdirda, shuningdek tovarning qonun hujjatlarida belgilangan sifat talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi sotuvchi tomonidan imzolangan kafolat xatini;
kafolat taʼminoti mablagʻlari toʻlanmagan holda birja bitishuvlari amalga oshirilgan taqdirda — ombor maʼlumotnomasini;
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa hujjatlarni taqdim etadi”;
5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Birjaning barcha qatnashchilari uchun real vaqt rejimida tashkil etilib oʻtkazilgan birja savdolari natijalariga koʻra tuzilgan import kontrakti:
tovar-xomashyo birjalarining birja savdolarida tuziladigan kontraktlarga identifikatsiya raqamlari berishning tasdiqlangan Tartibiga muvofiq birjada yoki uning filialida (ixtisoslashtirilgan savdo maydonchasida) roʻyxatdan oʻtkaziladi;
birjada yoki uning filialida (ixtisoslashtirilgan savdo maydonchasida) rasmiylashtiriladi hamda ularning muhri bilan tasdiqlanadi.
Import kontraktida:
real vaqt rejimida birja savdosi oʻtkazilgan sana;
birja savdosi protokolining tartib raqami koʻrsatilishi shart.
Mazkur Tartibning 2-bandida sanab oʻtilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun ushbu maʼlumotlarni imzolagan mansabdor shaxslar javob beradi.
Import kontraktlarining toʻgʻri rasmiylashtirilishi uchun ularni imzolagan tomonlar javob beradi.
Import kontraktlarining birjada roʻyxatdan oʻtkazilishi uchun birja javob beradi”;
7-banddagi “birja yoki uning filiali kuryeridan” soʻzlari “birja yoki uning filiali (ixtisoslashtirilgan savdo maydonchasi) brokerlaridan” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
12-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“12. Tovar birja import kontraktlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga kelib tushgandan va xaridor tomonidan belgilangan tartibda qabul qilingandan keyin birjaning hisob-kitob-kliring palatasi mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi — soʻmda sotuvchi-norezidentning birjaning hisob-kitob (kliring) palatasidagi hisob raqamiga oʻtkazadi, sotuvchi ulardan quyidagi maqsadlarda foydalanishi mumkin:
birjalar va birjalarning koʻrgazma-yarmarka savdolarida tuzilgan eksport kontraktlarga haq toʻlash uchun;
birja kontraktlarini tuzish va bajarish bilan bevosita bogʻliq boshqa xizmatlarga (vositachilik yigʻimi, brokerlik mukofoti, tashish va boshqalar) haq toʻlash uchun;
xorijiy banklarning “LORO” hamda Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli banklarida ochilgan vakillik hisob raqamlariga oʻtkazish uchun;
ham birlamchi, ham ikkilamchi bozorlarda vatanimiz emitentlarining aksiyalarini sotib olish uchun;
davlat mulkiga haq toʻlash uchun toʻlovlarning belgilangan tartibda aralash shaklini amalga oshirish uchun;
kafolat taʼminoti mablagʻlarini toʻlagan holda birja bitishuvlari boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun, shu jumladan jarima, penya va boshqa xarajatlarni toʻlash uchun;
Hisob-kitob-kliring palatasi mijozining vakolatli vakolatxonasi Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan hollarda vakillik xarajatlarini toʻlash uchun;
norezidentning Oʻzbekiston Respublikasida boʻlishi bilan bogʻliq xarajatlarga haq toʻlash uchun;
Hisob-kitob-kliring palatasi mijozi muassis yoki aksiyador boʻlgan korxonalarning ustav sarmoyasini shakllantirish va toʻldirish uchun;
sud xarajatlariga haq toʻlash uchun”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 22-son, 192-modda; 2013-y., 2-son, 24-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.01.2018-y., 09/18/16/0549-son)