Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida
Iqtisodiyotning yetakchi, eng avvalo bazaviy tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnikaviy qayta qurollantirish loyihalari amalga oshirilishini taʼminlash, mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish, shuningdek, samarali tarkibiy va investitsiyaviy siyosatni amalga oshirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Markaziy bankining ustav sarmoyasi 1,0 mlrd. AQSh dollari miqdorida boʻlgan Oʻzbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasini (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma deb yuritiladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
2. Quyidagilar belgilansin:
Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etiladi va yuridik shaxs huquqlariga ega boʻladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi orqali Jamgʻarmaning muassisi hisoblanadi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 9-martdagi PF-4430-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 113-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Jamgʻarma toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, bunda Jamgʻarma quyidagilarni amalga oshirishi zarurligi nazarda tutilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
davlatning Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladigan moliyaviy mablagʻlarini jamlash;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 9-martdagi PF-4430-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 113-modda)
iqtisodiyotni rivojlantirish, ishlab chiqarishni tarkibiy jihatdan oʻzgartirish va modernizatsiya qilish borasida ustuvor vazifalarni amalga oshirish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan gʻoyat muhim loyihalarni moliyalashtirish;
strategik muhim ahamiyatga ega boʻlgan korxonalar, avvalo iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalarini yangilash va texnik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini kreditlash;
yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo sanoati, mashinasozlik va rangli metallurgiya tarmoqlarini texnikaviy qayta qurollantirishga hamda ishlab chiqarish surʼatlari va hajmlarini oshirishga yoʻnaltirilgan loyihalar moliyalashtirilishini taʼminlash;
birinchi navbatda istiqbolli, ammo yetarlicha rivojlanmagan mintaqalarda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish boʻyicha ijtimoiy jihatdan ahamiyatli milliy davlat dasturlari va loyihalari amalga oshirilishini moliyalashtirish;
respublikaning xalqaro kommunikatsiyalar tarmogʻiga integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratadigan, xalqaro transport yoʻlaklari va jahon bozorlariga eng qisqa yoʻl bilan chiqishini taʼminlaydigan transport hamda telekommunikatsiyalar infratuzilmasini modernizatsiyalash va rivojlantirishni moliyalashtirish;
xalqaro moliya institutlari, respublika va xorijiy mamlakatlarning kredit muassasalari bilan loyihalarning qoʻshma moliyalashtirilishini tashkil etishni taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 9-martdagi PF-4430-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 11-son, 113-modda)
5. Quyidagilar Jamgʻarmani shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
strategik resurslarga jahon narxlarining qulay konyunkturasi natijasida, shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektlardan olinadigan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan navbatdagi yilga Davlat budjetini tasdiqlash chogʻida belgilanadigan ayrim soliq va toʻlov turlari boʻyicha hosil boʻladigan qoʻshimcha tushumlar;
Hukumatning xorijiy valyutadagi aktivlarining bir qismi;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandining toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 16-fevraldagi PF-4080-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 8-son, 76-modda)
davlat mulkini xorijiy investorlarga chet el valyutasiga sotishda Davlat budjeti daromadlari rejasidan ortiqcha tushadigan mablagʻlar;
Jamgʻarma aktivlarini boshqarishdan olinadigan investitsiya daromadlari;
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushum va daromadlar.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2006—2009-yillar mobaynida Jamgʻarmaning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankidagi hisobvaragʻida Jamgʻarma aktivlarini 1,0 mlrd. AQSh dollari miqdorida shakllantirishni taʼminlasin.
7. Belgilansinki, Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengash Jamgʻarmaning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi.
Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengash tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-ilova berilmaydi.
Quyidagilar Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengashning asosiy vazifalari va funksiyalari etib belgilansin:
Jamgʻarma faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish;
Jamgʻarmaga mablagʻlar kelib tushishi va ulardan foydalanish prognozlarini koʻrib chiqish hamda ularni navbatdagi yilga moʻljallangan makroiqtisodiy va pul-kredit koʻrsatkichlari, Davlat budjeti hamda Davlat investitsiya dasturining asosiy parametrlari bilan bogʻliq holda belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
qarz olgan korxonalarni qayta moliyalashtirish (qoʻshma moliyalashtirish) uchun tijorat banklariga Jamgʻarma mablagʻlarini berish muddatlari va shartlari boʻyicha qarorlar qabul qilish, xalqaro sarmoya bozorlarida amal qilayotgan foiz stavkalaridan kelib chiqib Jamgʻarma tomonidan berilayotgan mablagʻlar boʻyicha foiz stavkalarining aniq miqdorlarini tasdiqlash;
Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish, tijorat banklariga moliyalashtirishni toʻliq va oʻz vaqtida ochish hamda tijorat banklariga berilgan mablagʻlarning qaytarilishini taʼminlash ustidan nazoratni amalga oshirish;
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisida Jamgʻarma ijroiya direksiyasining hamda qarz olgan korxonalar tomonidan Jamgʻarma mablagʻlarining samarali foydalanilishini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda tinglab turish.
8. Jamgʻarma soliqlar, yigʻimlar, bojlarning barcha turlaridan hamda davlatning maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalaridan ozod qilinsin, yagona ijtimoiy toʻlov bundan mustasno.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki va Iqtisodiyot vazirligi bir hafta muddatda belgilangan tartibda Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qaror loyihasini tasdiqlash uchun kiritsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 11-may,
PF-3751-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 11-maydagi PF-3751-son farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasini boshqarish boʻyicha Kengash
TARKIBI
|
A.N. Aripov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Kengash raisi |
|
R.A. Gulyamov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Kengash raisi oʻrinbosari |
|
J.A. Qoʻchqorov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri |
|
B.A. Xodjayev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri |
|
S.U. Umurzakov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri |
|
T.A. Ishmetov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
Izoh. Jamgʻarmaning boshqaruv Kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 19-son, 161-modda; 2009-y., 8-son, 76-modda, 22-son, 257-modda; 2012-y., 11-son, 113-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.10.2019-y., 06/19/5848/3901-son; 29.06.2020-y., 06/20/5370/0975-son)