Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, 06.05.2006 yildagi O‘RQ-33-son
Кучга кириш санаси
10.05.2006
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 11.04.2023 sanasi holatiga | Joriy versiya |
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni | Oʻzbekiston Respublikasining qonuni |
ISTEʼMOL KREDITI TOʻGʻRISIDA | ISTEʼMOL KREDITI TOʻGʻRISIDA |
Qonunchilik palatasi tomonidan 2005-yil 22-dekabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2006-yil 24-fevralda maʼqullangan | Qonunchilik palatasi tomonidan 2005-yil 22-dekabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2006-yil 24-fevralda maʼqullangan |
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi | 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi |
Ushbu Qonunning maqsadi isteʼmol krediti berish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. | Ushbu Qonunning maqsadi isteʼmol krediti berish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. |
2-modda. Isteʼmol krediti toʻgʻrisidagi qonunchilik | 2-modda. Isteʼmol krediti toʻgʻrisidagi qonunchilik |
Isteʼmol krediti toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. | Isteʼmol krediti toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. |
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining isteʼmol krediti toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. | Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining isteʼmol krediti toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. |
3-modda. Isteʼmol krediti tushunchasi va shakllari | 3-modda. Isteʼmol krediti tushunchasi va shakllari |
Isteʼmol krediti jismoniy shaxsga (isteʼmolchiga) uning isteʼmol ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun beriladigan kreditdir. | Isteʼmol krediti jismoniy shaxsga (isteʼmolchiga) uning isteʼmol ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun beriladigan kreditdir. |
Moliyaviy isteʼmol krediti va tovar isteʼmol krediti isteʼmol kreditining shakllaridir. | Moliyaviy isteʼmol krediti va tovar isteʼmol krediti isteʼmol kreditining shakllaridir. |
4-modda. Moliyaviy isteʼmol krediti va uni beruvchi tashkilotlar | 4-modda. Moliyaviy isteʼmol krediti va uni beruvchi tashkilotlar |
Moliyaviy isteʼmol krediti sotib olingan tovarlar (xizmatlar) haqini toʻlash uchun pul mablagʻlari tarzida isteʼmolchiga beriladigan kreditdir. | Moliyaviy isteʼmol krediti sotib olingan tovarlar (xizmatlar) haqini toʻlash uchun pul mablagʻlari tarzida isteʼmolchiga beriladigan kreditdir. |
Banklar va nobank kredit tashkilotlari, shuningdek mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi toʻlov tashkilotlari moliyaviy isteʼmol krediti beruvchi tashkilotlardir. | Banklar va nobank kredit tashkilotlari, shuningdek mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi toʻlov tashkilotlari moliyaviy isteʼmol krediti beruvchi tashkilotlardir. |
5-modda. Tovar isteʼmol krediti va uni beruvchi tashkilotlar | 5-modda. Tovar isteʼmol krediti va uni beruvchi tashkilotlar |
Tovar isteʼmol krediti sotib olingan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki koʻrsatilgan xizmatlar haqini boʻlib-boʻlib toʻlash tarzida isteʼmolchiga beriladigan kreditdir. | Tovar isteʼmol krediti sotib olingan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki koʻrsatilgan xizmatlar haqini boʻlib-boʻlib toʻlash tarzida isteʼmolchiga beriladigan kreditdir. |
Isteʼmol tovarlarini (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tovar isteʼmol krediti beruvchi tashkilotlardir. | Isteʼmol tovarlarini (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotlar tovar isteʼmol krediti beruvchi tashkilotlardir. |
6-modda. Isteʼmol krediti obyekti | 6-modda. Isteʼmol krediti obyekti |
Jismoniy shaxsning isteʼmol ehtiyojlari uchun moʻljallangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) isteʼmol krediti obyekti boʻlishi mumkin. | Jismoniy shaxsning isteʼmol ehtiyojlari uchun moʻljallangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) isteʼmol krediti obyekti boʻlishi mumkin. |
Koʻchmas mulk, shuningdek qonunga muvofiq muomaladan chiqarilgan yoki muomalada boʻlishi cheklangan boshqa mol-mulk isteʼmol krediti obyekti boʻlishi mumkin emas. | Koʻchmas mulk, shuningdek qonunga muvofiq muomaladan chiqarilgan yoki muomalada boʻlishi cheklangan boshqa mol-mulk isteʼmol krediti obyekti boʻlishi mumkin emas. |
7-modda. Isteʼmol krediti berish | 7-modda. Isteʼmol krediti berish |
Isteʼmol krediti isteʼmol krediti berish qoidalariga muvofiq isteʼmol krediti shartnomasi (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) boʻyicha toʻlovlilik, muddatlilik va taʼminlanganlik shartlari bilan beriladi. | Isteʼmol krediti isteʼmol krediti berish qoidalariga muvofiq isteʼmol krediti shartnomasi (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) boʻyicha toʻlovlilik, muddatlilik va taʼminlanganlik shartlari bilan beriladi. |
Isteʼmol krediti oʻz faoliyati natijasida olingan daromadlarga, pensiya va boshqa daromadlarga (bundan buyon matnda daromadlar deb yuritiladi) ega boʻlgan jismoniy shaxslarga beriladi. | Isteʼmol krediti oʻz faoliyati natijasida olingan daromadlarga, pensiya va boshqa daromadlarga (bundan buyon matnda daromadlar deb yuritiladi) ega boʻlgan jismoniy shaxslarga beriladi. |
Isteʼmol krediti berish qoidalari isteʼmol krediti beruvchi tashkilot tomonidan ushbu Qonunga muvofiq belgilanadi. | Isteʼmol krediti berish qoidalari isteʼmol krediti beruvchi tashkilot tomonidan ushbu Qonunga muvofiq belgilanadi. |
Isteʼmol krediti berish qoidalari hamma tanishib chiqishi uchun ochiq boʻlishi va ularda isteʼmol krediti berish shartlari, shuningdek kredit miqdori, uni berish muddati, foiz stavkasi, isteʼmolchi toʻlashi lozim boʻlgan toʻlovlar jadvali toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak. | Isteʼmol krediti berish qoidalari hamma tanishib chiqishi uchun ochiq boʻlishi va ularda isteʼmol krediti berish shartlari, shuningdek kredit miqdori, uni berish muddati, foiz stavkasi, isteʼmolchi toʻlashi lozim boʻlgan toʻlovlar jadvali toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak. |
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) kreditga sotish sotuv kunida amalda boʻlgan narxlar boʻyicha amalga oshiriladi. Realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining keyinchalik oʻzgarishi shartnoma taraflarining majburiyatlariga taʼsir etmaydi. | Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) kreditga sotish sotuv kunida amalda boʻlgan narxlar boʻyicha amalga oshiriladi. Realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining keyinchalik oʻzgarishi shartnoma taraflarining majburiyatlariga taʼsir etmaydi. |
8-modda. Isteʼmol krediti olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar | 8-modda. Isteʼmol krediti olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar |
Isteʼmol krediti berish qoidalariga muvofiq isteʼmolchi isteʼmol krediti olish uchun kredit buyurtmasini va oʻz daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan boshqa hujjatlarni isteʼmol krediti beruvchi tashkilotga taqdim etadi. | Isteʼmol krediti berish qoidalariga muvofiq isteʼmolchi isteʼmol krediti olish uchun kredit buyurtmasini va oʻz daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan boshqa hujjatlarni isteʼmol krediti beruvchi tashkilotga taqdim etadi. |
Kredit buyurtmasida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: | Kredit buyurtmasida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi: |
isteʼmolchining familiyasi, ismi, otasining ismi, pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi (shaxsini tasdiqlovchi hujjati) seriyasi va raqami hamda yashash joyi; | isteʼmolchining familiyasi, ismi, otasining ismi, pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi (shaxsini tasdiqlovchi hujjati) seriyasi va raqami hamda yashash joyi; |
isteʼmol kreditining obyekti; | isteʼmol kreditining obyekti; |
isteʼmol kreditining muddati; | isteʼmol kreditining muddati; |
isteʼmolchining faoliyat turi va daromadlari; | isteʼmolchining faoliyat turi va daromadlari; |
isteʼmolchi tomonidan shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash usuli. | isteʼmolchi tomonidan shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash usuli. |
Kredit buyurtmasi buyurtma berilgan sana koʻrsatilgan holda isteʼmolchi tomonidan imzolanadi. | Kredit buyurtmasi buyurtma berilgan sana koʻrsatilgan holda isteʼmolchi tomonidan imzolanadi. |
9-modda. Kredit buyurtmasini koʻrib chiqish tartibi | 9-modda. Kredit buyurtmasini koʻrib chiqish tartibi |
Isteʼmol krediti beruvchi tashkilot kredit buyurtmasini olganidan soʻng kredit berish toʻgʻrisida yoki kredit berishni asoslantirilgan holda rad etish haqida besh ish kuni ichida qaror qabul qiladi. | Isteʼmol krediti beruvchi tashkilot kredit buyurtmasini olganidan soʻng kredit berish toʻgʻrisida yoki kredit berishni asoslantirilgan holda rad etish haqida besh ish kuni ichida qaror qabul qiladi. |
Isteʼmol krediti berish asoslantirilgan holda rad etilgan taqdirda, isteʼmol krediti beruvchi tashkilot isteʼmolchiga bu haqda yozma shaklda maʼlum qilishi shart. | Isteʼmol krediti berish asoslantirilgan holda rad etilgan taqdirda, isteʼmol krediti beruvchi tashkilot isteʼmolchiga bu haqda yozma shaklda maʼlum qilishi shart. |
Kredit buyurtmasi isteʼmol krediti beruvchi tashkilot tomonidan koʻrib chiqilayotganda quyidagilarning tahlili amalga oshiriladi: | Kredit buyurtmasi isteʼmol krediti beruvchi tashkilot tomonidan koʻrib chiqilayotganda quyidagilarning tahlili amalga oshiriladi: |
isteʼmolchining daromadlari yetarliligini va kredit tarixini aniqlash; | isteʼmolchining daromadlari yetarliligini va kredit tarixini aniqlash; |
kredit buyurtmasida bayon etilgan maʼlumotlarning bir-biriga zid boʻlmasligi; | kredit buyurtmasida bayon etilgan maʼlumotlarning bir-biriga zid boʻlmasligi; |
isteʼmol krediti summasini qaytarishning maqbul istiqbollari mavjudligi. | isteʼmol krediti summasini qaytarishning maqbul istiqbollari mavjudligi. |
10-modda. Shartnoma shartlari | 10-modda. Shartnoma shartlari |
Shartnomada quyidagilar nazarda tutilgan boʻlishi lozim: | Shartnomada quyidagilar nazarda tutilgan boʻlishi lozim: |
isteʼmolchining familiyasi, ismi, otasining ismi, pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi (shaxsini tasdiqlovchi hujjati) seriyasi va raqami hamda yashash joyi; | isteʼmolchining familiyasi, ismi, otasining ismi, pasporti yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi (shaxsini tasdiqlovchi hujjati) seriyasi va raqami hamda yashash joyi; |
isteʼmol krediti beruvchi tashkilotning nomi va boshqa rekvizitlari; | isteʼmol krediti beruvchi tashkilotning nomi va boshqa rekvizitlari; |
isteʼmol kreditining obyekti haqidagi maʼlumotlar; | isteʼmol kreditining obyekti haqidagi maʼlumotlar; |
isteʼmol kreditining umumiy summasi; | isteʼmol kreditining umumiy summasi; |
isteʼmolchi tomonidan shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash usuli; | isteʼmolchi tomonidan shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash usuli; |
foiz stavkasi; | foiz stavkasi; |
isteʼmol krediti beruvchi tashkilot talab qilgan taqdirda, sotib olingan tovarning (ishning, xizmatning) qiymatini oldindan toʻlash uchun boʻnak miqdori; | isteʼmol krediti beruvchi tashkilot talab qilgan taqdirda, sotib olingan tovarning (ishning, xizmatning) qiymatini oldindan toʻlash uchun boʻnak miqdori; |
isteʼmol krediti berish hamda uning summasini qaytarish tartibi va muddatlari; | isteʼmol krediti berish hamda uning summasini qaytarish tartibi va muddatlari; |
taraflarning huquq va majburiyatlari; | taraflarning huquq va majburiyatlari; |
shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda taraflarning javobgarligi; | shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda taraflarning javobgarligi; |
shartnomaning amal qilish muddati; | shartnomaning amal qilish muddati; |
shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish tartibi; | shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish tartibi; |
qonunchilikka muvofiq boshqa shartlar. | qonunchilikka muvofiq boshqa shartlar. |
11-modda. Shartnomaning shakli va shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish | 11-modda. Shartnomaning shakli va shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish |
Shartnoma yozma shaklda tuziladi. | Shartnoma yozma shaklda tuziladi. |
Shartnoma quyidagi hollarda notarial tartibda tasdiqlanadi: | Shartnoma quyidagi hollarda notarial tartibda tasdiqlanadi: |
taraflardan birining talabi boʻyicha; | taraflardan birining talabi boʻyicha; |
isteʼmol krediti obyekti boʻlgan mol-mulk boʻyicha bitimlar qonunga muvofiq notarial tartibda tasdiqlanishi talab etilgan taqdirda. | isteʼmol krediti obyekti boʻlgan mol-mulk boʻyicha bitimlar qonunga muvofiq notarial tartibda tasdiqlanishi talab etilgan taqdirda. |
Shartnoma qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak. | Shartnoma qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak. |
12-modda. Shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish | 12-modda. Shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish |
Shartnoma shartlari, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, taraflarning kelishuviga muvofiq oʻzgartirilishi mumkin. | Shartnoma shartlari, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, taraflarning kelishuviga muvofiq oʻzgartirilishi mumkin. |
Tegishli darajada sifatli boʻlmagan tovar (ish, xizmat) sotib olingan va uni sifati tegishli darajada boʻlgan boshqa shunga oʻxshash tovarga (ishga, xizmatga) almashtirish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, shartnoma tovar isteʼmol krediti bergan tashkilot shartnomani bekor qilish haqida yozma ravishda xabardor etilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida isteʼmolchi tomonidan bekor qilinishi mumkin. Shartnoma bekor qilingan taqdirda, tovar isteʼmol krediti bergan tashkilot sotib olingan tovar (ish, xizmat) uchun toʻlangan pul summasini isteʼmolchiga qaytarib beradi. | Tegishli darajada sifatli boʻlmagan tovar (ish, xizmat) sotib olingan va uni sifati tegishli darajada boʻlgan boshqa shunga oʻxshash tovarga (ishga, xizmatga) almashtirish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, shartnoma tovar isteʼmol krediti bergan tashkilot shartnomani bekor qilish haqida yozma ravishda xabardor etilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida isteʼmolchi tomonidan bekor qilinishi mumkin. Shartnoma bekor qilingan taqdirda, tovar isteʼmol krediti bergan tashkilot sotib olingan tovar (ish, xizmat) uchun toʻlangan pul summasini isteʼmolchiga qaytarib beradi. |
Isteʼmolchi foydalanilmagan moliyaviy isteʼmol kreditidan voz kechish haqida moliyaviy isteʼmol krediti bergan tashkilotni shartnoma tuzilgan kundan eʼtiboran ikki hafta ichida yozma ravishda xabardor etish orqali mazkur kreditdan voz kechishga haqli. | Isteʼmolchi foydalanilmagan moliyaviy isteʼmol kreditidan voz kechish haqida moliyaviy isteʼmol krediti bergan tashkilotni shartnoma tuzilgan kundan eʼtiboran ikki hafta ichida yozma ravishda xabardor etish orqali mazkur kreditdan voz kechishga haqli. |
Isteʼmolchi shartnoma tuzilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida isteʼmol kreditidan foydalanmagan taqdirda, isteʼmol krediti bergan tashkilot shartnomani bekor qilish haqida isteʼmolchini yozma ravishda xabardor etish orqali shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilishga haqli. | Isteʼmolchi shartnoma tuzilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida isteʼmol kreditidan foydalanmagan taqdirda, isteʼmol krediti bergan tashkilot shartnomani bekor qilish haqida isteʼmolchini yozma ravishda xabardor etish orqali shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilishga haqli. |
Yozma xabar topshirilgan yoki pochta orqali joʻnatilgan sana mazkur yozma xabar yuborilgan sana hisoblanadi. | Yozma xabar topshirilgan yoki pochta orqali joʻnatilgan sana mazkur yozma xabar yuborilgan sana hisoblanadi. |
13-modda. Isteʼmolchining huquq va majburiyatlari | 13-modda. Isteʼmolchining huquq va majburiyatlari |
Isteʼmolchi quyidagi huquqlarga ega: | Isteʼmolchi quyidagi huquqlarga ega: |
isteʼmol krediti berish qoidalari bilan tanishib chiqish; | isteʼmol krediti berish qoidalari bilan tanishib chiqish; |
oʻz huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida, shu jumladan isteʼmol krediti berish bilan bogʻliq barcha xarajatlar haqida ishonchli hamda toʻliq axborot olish; | oʻz huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida, shu jumladan isteʼmol krediti berish bilan bogʻliq barcha xarajatlar haqida ishonchli hamda toʻliq axborot olish; |
shartnoma shartlarining shartnomada belgilangan tartibda va muddatlarda bajarilishini talab qilish; | shartnoma shartlarining shartnomada belgilangan tartibda va muddatlarda bajarilishini talab qilish; |
tegishli darajada sifatli boʻlmagan sotib olingan tovarning (ishning, xizmatning) almashtirilishini talab qilish yoki uni sifati tegishli darajada boʻlgan boshqa shunga oʻxshash tovarga (ishga, xizmatga) almashtirish imkoniyati boʻlmaganida shartnomani bekor qilish; | tegishli darajada sifatli boʻlmagan sotib olingan tovarning (ishning, xizmatning) almashtirilishini talab qilish yoki uni sifati tegishli darajada boʻlgan boshqa shunga oʻxshash tovarga (ishga, xizmatga) almashtirish imkoniyati boʻlmaganida shartnomani bekor qilish; |
isteʼmol krediti beruvchi tashkilotdan shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi natijasida yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplashni talab qilish. | isteʼmol krediti beruvchi tashkilotdan shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi natijasida yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplashni talab qilish. |
Isteʼmolchi: | Isteʼmolchi: |
isteʼmol krediti olish uchun zarur hujjatlarni taqdim etishi; | isteʼmol krediti olish uchun zarur hujjatlarni taqdim etishi; |
bank yoki boshqa kredit tashkilotidan olingan moliyaviy isteʼmol kreditidan shartnomaga muvofiq belgilangan maqsadda foydalanishi; | bank yoki boshqa kredit tashkilotidan olingan moliyaviy isteʼmol kreditidan shartnomaga muvofiq belgilangan maqsadda foydalanishi; |
tovar (ish, xizmat) haqini shartnomaga muvofiq oʻz vaqtida toʻlashi; | tovar (ish, xizmat) haqini shartnomaga muvofiq oʻz vaqtida toʻlashi; |
olingan moliyaviy isteʼmol kreditini qaytarishni va mazkur kredit boʻyicha hisoblangan foizlarni toʻlashni shartnomada belgilangan tartibda hamda muddatlarda amalga oshirishi shart. | olingan moliyaviy isteʼmol kreditini qaytarishni va mazkur kredit boʻyicha hisoblangan foizlarni toʻlashni shartnomada belgilangan tartibda hamda muddatlarda amalga oshirishi shart. |
Isteʼmolchi qonunchilikka hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. | Isteʼmolchi qonunchilikka hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. |
14-modda. Isteʼmol krediti beruvchi tashkilotning huquq va majburiyatlari | 14-modda. Isteʼmol krediti beruvchi tashkilotning huquq va majburiyatlari |
Isteʼmol krediti beruvchi tashkilot quyidagi huquqlarga ega: | Isteʼmol krediti beruvchi tashkilot quyidagi huquqlarga ega: |
isteʼmolchiga isteʼmol krediti berish yoki isteʼmol krediti berishni asoslantirilgan holda rad etish; | isteʼmolchiga isteʼmol krediti berish yoki isteʼmol krediti berishni asoslantirilgan holda rad etish; |
isteʼmol krediti berish va shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni isteʼmolchidan soʻrab olish; | isteʼmol krediti berish va shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni isteʼmolchidan soʻrab olish; |
toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda, berilgan isteʼmol krediti summasi muddatidan ilgari qaytarib berilishini va mazkur kredit boʻyicha hisoblangan foizlar toʻlanishini talab qilish. | toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmagan taqdirda, berilgan isteʼmol krediti summasi muddatidan ilgari qaytarib berilishini va mazkur kredit boʻyicha hisoblangan foizlar toʻlanishini talab qilish. |
Isteʼmol krediti beruvchi tashkilot: | Isteʼmol krediti beruvchi tashkilot: |
isteʼmolchining huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida, shu jumladan isteʼmol krediti berish bilan bogʻliq barcha xarajatlar haqida isteʼmolchiga ishonchli hamda toʻliq axborotni maʼlum qilishi; | isteʼmolchining huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida, shu jumladan isteʼmol krediti berish bilan bogʻliq barcha xarajatlar haqida isteʼmolchiga ishonchli hamda toʻliq axborotni maʼlum qilishi; |
moliyaviy isteʼmol kreditini yoki tovarni (ishni, xizmatni) shartnomada belgilangan tartibda va muddatda berishi; | moliyaviy isteʼmol kreditini yoki tovarni (ishni, xizmatni) shartnomada belgilangan tartibda va muddatda berishi; |
isteʼmol krediti berish qoidalarini hamma tanishib chiqishi uchun qulay boʻlgan joyga joylashtirishi; | isteʼmol krediti berish qoidalarini hamma tanishib chiqishi uchun qulay boʻlgan joyga joylashtirishi; |
tovar isteʼmol krediti berilganda, tovarni (ishni, xizmatni) sifati tegishli darajada boʻlgan boshqa shunga oʻxshash tovarga (ishga, xizmatga) almashtirishi, bunda narxlarda farq boʻlgan taqdirda, isteʼmolchi bilan zarur hisob-kitobni amalga oshirishi; | tovar isteʼmol krediti berilganda, tovarni (ishni, xizmatni) sifati tegishli darajada boʻlgan boshqa shunga oʻxshash tovarga (ishga, xizmatga) almashtirishi, bunda narxlarda farq boʻlgan taqdirda, isteʼmolchi bilan zarur hisob-kitobni amalga oshirishi; |
shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi yoki tegishli darajada bajarilmaganligi natijasida yetkazilgan zararlarning oʻrnini isteʼmolchiga qoplashi shart. | shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi yoki tegishli darajada bajarilmaganligi natijasida yetkazilgan zararlarning oʻrnini isteʼmolchiga qoplashi shart. |
Isteʼmol krediti beruvchi tashkilot qonunchilikka hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. | Isteʼmol krediti beruvchi tashkilot qonunchilikka hamda shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin. |
15-modda. Moliyaviy isteʼmol kreditining xususiyatlari | 15-modda. Moliyaviy isteʼmol kreditining xususiyatlari |
Moliyaviy isteʼmol kreditidan foydalanishda shartnoma tovarni (xizmatni) isteʼmolchi tomonidan sotib olishga doir shartnoma kuchga kirguniga qadar yoki kuchga kirganidan keyin tuzilishi mumkin. | Moliyaviy isteʼmol kreditidan foydalanishda shartnoma tovarni (xizmatni) isteʼmolchi tomonidan sotib olishga doir shartnoma kuchga kirguniga qadar yoki kuchga kirganidan keyin tuzilishi mumkin. |
Moliyaviy isteʼmol krediti berish isteʼmol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchining yoki realizatsiya qiluvchi subyektning (yuridik va jismoniy shaxsning) bankdagi hisobvaragʻiga bank yoxud boshqa kredit tashkiloti tomonidan pul mablagʻlari oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. | Moliyaviy isteʼmol krediti berish isteʼmol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchining yoki realizatsiya qiluvchi subyektning (yuridik va jismoniy shaxsning) bankdagi hisobvaragʻiga bank yoxud boshqa kredit tashkiloti tomonidan pul mablagʻlari oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. |
Moliyaviy isteʼmol kreditining naqd pulda berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. | Moliyaviy isteʼmol kreditining naqd pulda berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. |
16-modda. Isteʼmol kreditini muddatidan ilgari qaytarish | 16-modda. Isteʼmol kreditini muddatidan ilgari qaytarish |
Isteʼmolchi olingan isteʼmol krediti summasini qaytarishni va mazkur kredit boʻyicha hisoblangan foizlarni toʻlashni muddatidan ilgari amalga oshirishga haqli. Bunday holda isteʼmolchi faqat isteʼmol kreditidan haqiqatda foydalanilgan muddat uchun foizlar toʻlaydi. | Isteʼmolchi olingan isteʼmol krediti summasini qaytarishni va mazkur kredit boʻyicha hisoblangan foizlarni toʻlashni muddatidan ilgari amalga oshirishga haqli. Bunday holda isteʼmolchi faqat isteʼmol kreditidan haqiqatda foydalanilgan muddat uchun foizlar toʻlaydi. |
17-modda. Isteʼmolchi tomonidan shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash | 17-modda. Isteʼmolchi tomonidan shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash |
Isteʼmolchi tomonidan shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi: | Isteʼmolchi tomonidan shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishi: |
bank yoki sugʻurta tashkilotining kafolati; | bank yoki sugʻurta tashkilotining kafolati; |
uchinchi shaxslarning kafilligi; | uchinchi shaxslarning kafilligi; |
mol-mulk va qimmatli qogʻozlar garovi, shu jumladan garov depoziti, banklarning omonat sertifikatlari; | mol-mulk va qimmatli qogʻozlar garovi, shu jumladan garov depoziti, banklarning omonat sertifikatlari; |
qonunchilikda va shartnomada nazarda tutilgan boshqa usullar bilan taʼminlanishi mumkin. | qonunchilikda va shartnomada nazarda tutilgan boshqa usullar bilan taʼminlanishi mumkin. |
Isteʼmolchining daromadlari hajmi, shuningdek shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilishining isteʼmolchi tomonidan taqdim etilgan taʼminoti isteʼmol krediti summasini qaytarish va mazkur kredit boʻyicha hisoblangan foizlarni toʻlash uchun yetarli boʻlishi kerak. | Isteʼmolchining daromadlari hajmi, shuningdek shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilishining isteʼmolchi tomonidan taqdim etilgan taʼminoti isteʼmol krediti summasini qaytarish va mazkur kredit boʻyicha hisoblangan foizlarni toʻlash uchun yetarli boʻlishi kerak. |
Isteʼmol krediti berish shartnomasi va uning qarz oluvchi tomonidan bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kredit tarixini shakllantirish uchun kredit byurolariga taqdim etiladi hamda ulardan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalaniladi. Moliya isteʼmol krediti berish shartnomasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Kredit axborotining davlat reyestriga ham taqdim etiladi. | Isteʼmol krediti berish shartnomasi va uning qarz oluvchi tomonidan bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kredit tarixini shakllantirish uchun kredit byurolariga taqdim etiladi hamda ulardan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalaniladi. Moliya isteʼmol krediti berish shartnomasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Kredit axborotining davlat reyestriga ham taqdim etiladi. |
Isteʼmolchi shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, kafolat beruvchi yoki kafil isteʼmol kreditini qaytarish muddati tugagach, isteʼmol krediti beruvchi tashkilotning birinchi talabiga binoan qonunchilikka va shartnomaga muvofiq isteʼmol krediti summasini qaytarishi hamda mazkur kredit boʻyicha hisoblangan foizlarni toʻlashi shart. | Isteʼmolchi shartnoma boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, kafolat beruvchi yoki kafil isteʼmol kreditini qaytarish muddati tugagach, isteʼmol krediti beruvchi tashkilotning birinchi talabiga binoan qonunchilikka va shartnomaga muvofiq isteʼmol krediti summasini qaytarishi hamda mazkur kredit boʻyicha hisoblangan foizlarni toʻlashi shart. |
18-modda. Nizolarni hal etish | 18-modda. Nizolarni hal etish |
Isteʼmol krediti berish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. | Isteʼmol krediti berish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. |
19-modda. Isteʼmol krediti toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik | 19-modda. Isteʼmol krediti toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik |
Isteʼmol krediti toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar. | Isteʼmol krediti toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar. |
20-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish | 20-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin, davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin. | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin, davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin. |
21-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi | 21-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi |
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. | Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. |
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV | Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2006-yil 6-may, | 2006-yil 6-may, |
OʻRQ–33-son | OʻRQ–33-son |