ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Давлат органлари ва ташкилотларида меҳнат соҳасида хавфсиз ва ҳурматга асосланган иш муҳитини таъминлаш механизмларини жорий этиш чора-тадбирлари тўғрисида
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг қарори, 28.09.2026 йилдаги 518-сон

Qarorga ko‘ra, 2027 yil 1 yanvarga qadar davlat organlari va tashkilotlarida “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portali (Portal) joriy etiladi.

Davlat mehnat sohasida tazyiq va zo‘ravonlik holatlari xavflarini davriy baholash va tashkiliy muhitni tahlil qilish yiliga kamida bir marta o‘tkaziladi.

Davlat organlari va tashkilotlarida mehnat sohasida tazyiq va zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha murojaat berishning asosiy kanali Portal hisoblanadi.
 
Murojaatlar ochiq, maxfiy yoki anonim shaklda taqdim etilishi mumkin.
 
Portal orqali berilgan murojaat avtomatik ravishda ro‘yxatga olinadi va unga takrorlanmaydigan raqam beriladi.

Portaldan tashqari berilgan murojaat masʼul xodim tomonidan 1 ish kuni ichida Portalga kiritilishi kerak.

Ustidan murojaat berilgan shaxsga quyidagi vaqtincha cheklov choralari qo‘llanadi:

murojaatni ko‘rib chiqish ishtirokchilari o‘rtasidagi muloqot, shu jumladan, mehnat munosabatlarini cheklash;
boshqaruv vakolatlarini vaqtincha to‘xtatish;

qisman yoki to‘liq lavozim majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirish;

murojaat bilan bog‘liq ishtirokchilar xavfsizligini taʼminlash uchun zarur boshqa cheklov choralari.

Bevosita tahdid mavjud bo‘lsa, vaqtincha himoya choralari 1 ish kuni ichida, boshqa holatlarda esa xavf aniqlangan kundan eʼtiboran 3 ish kunidan kechiktirmay qo‘llanadi.

Murojaat bo‘yicha tekshiruv 15 kun ichida yakunlanadi. Zarur hollarda uning muddati bir marta 30 kungacha uzaytirilishi mumkin.
 
Murojaatchi, jabrlangan shaxs yoki ustidan murojaat berilgan shaxs huquqiy taʼsir chorasi haqida xabar olgan kundan eʼtiboran 30 ish kuni ichida Portal orqali shikoyat berishi mumkin.