ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Respublikada kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash sohasida samarali raqamli nazorat, tahlil va prognozlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 06.11.2026 yildagi PF-241-son

Farmonga ko‘ra, quyidagilarni nazarda tutuvchi Yagona kriminogen maʼlumotlar platformasi (Platforma) ishlab chiqiladi va ishga tushiriladi:
 
jinoyatlarning obyektiv va subyektiv sabablari, masʼul idoralar, mansabdor shaxslar hamda bartaraf etish choralarining elektron reyestrini yuritish, ko‘rilgan choralar natijalarini inson omilisiz oylik, yarim yillik va yillik nazorat qilish;
 
hududlar, mahallalar va jinoyat turlari kesimida jinoyatchilik dinamikasini yarim yillik va yillik prognoz qilish hamda uning natijalari asosida kriminogen vaziyati og‘ir hududlarga vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan choralarni nazarda tutuvchi xabarnomalar yuborish va boshqalar.
 
2027 yil yakuniga qadar Toshkent shahrining Olmazor tumanida Platforma sinov tariqasida ishga tushirilib, 2028 yildan boshlab uni respublikaning barcha hududlariga bosqichma-bosqich joriy etish choralari ko‘riladi.
 
Har yili quyidagilar tashkil etiladi:
 
aholi o‘rtasida milliy viktimologik so‘rov;
 
aholining xavfsizlik hissi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ishonchi bo‘yicha ijtimoiy so‘rov;
 
yoshlar, voyaga yetmaganlar, ayollar, muqaddam sudlangan va probatsiya hisobidagi shaxslar, “qizil” toifadagi mahallalar hamda boshqa masalalar bo‘yicha manzilli kriminologik tadqiqotlar.