ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi huzurida Qutqaruvchilarni tayyorlash texnikumini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 06.11.2026 yildagi 611-son

2026 yil 3 apreldagi PQ–123-son Prezident qarorida Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi huzurida Qutqaruvchilarni tayyorlash texnikumi faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilangan.
 
Qarorga ko‘ra, Texnikum faoliyati 2027/2028 o‘quv yilidan yo‘lga qo‘yiladi.
 
Texnikumga umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlarining bitiruvchilari belgilangan tartibda davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi hamda o‘quv jarayoni boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari asosida tashkil etiladi.
 
2029 yildan Texnikumning kasbiy taʼlim yo‘nalishlarini tamomlagan bitiruvchilar tarkibidan favqulodda vaziyatlar organlari uchun kadrlar zaxirasi shakllantiriladi.
 
Quyidagilar Texnikumning asosiy vazifalari etib belgilandi:
 
favqulodda vaziyatlar organlariga kasbiy taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha zamon talablariga javob beradigan, nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan qutqaruvchilarni tayyorlash;
 
o‘quv jarayonini simulyatsiya, imitatsiya va virtual laboratoriyalar (poligon)ni tashkil etish orqali nazariya va amaliyotning uyg‘unligini taʼminlash va boshqalar.