Ўзб
O’zb
Ҳужжат паспорти
Oʻzbekiston Respublikasida biznesni roʻyxatga olishni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 09.10.2026 yildagi 557-son
Qarorga ko‘ra, ro‘yxatga olish 2026 yil 15 oktyabrdan 30 noyabrga qadar o‘tkaziladi. Ro‘yxatga olish sanasi — 2026 yil 1 oktyabr, soat 00:00.
Bundan tashqari:
Respondentlarga doir maʼlumotlar sir saqlanadi va faqat statistik maqsadlarda foydalaniladi;
Savol va murojaatlar uchun 1851 qisqa raqamli koll-markaz tashkil etiladi;
Ro‘yxatga olish yakuniy natijalari Milliy statistika qo‘mitasining rasmiy veb-saytida 2027 yil 1 sentyabrga qadar eʼlon qilinadi;
Ro‘yxatga olish tugagandan so‘ng o‘n kun davomida ro‘yxatga olingan iqtisodiy birliklarning 5 foizigacha qismi tanlanma nazorat ostida tekshiriladi.