ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimida magistratura bosqichida kadrlar tayyorlashni takomillashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.09.2026 yildagi 500-son

Qarorga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab magistratura bosqichida kadrlar:
ishlab chiqarish (amaliy) dasturiga yo‘naltirilgan — kamida 1 yil;
ilmiy-pedagogik dasturga yo‘naltirilgan — kamida 2 yil muddatda tayyorlanadi.

Magistraturada taʼlim jarayoni aniq magistratura mutaxassisligi o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq kunduzgi, kechki yoki masofaviy taʼlim shakllarida tashkil etiladi.

Ishlab chiqarish (amaliy) dasturiga yo‘naltirilgan magistratura bitiruvchilari mutaxassislik xususiyatidan kelib chiqib:
loyiha ishi;
konstruktorlik loyihasi;
startap loyihasi;
ratsionalizatorlik g‘oyasi;
amaliy-ijodiy asar
va boshqa turdagi ishlardan birini tayyorlab, himoya qiladi.

Ilmiy-pedagogik dasturga yo‘naltirilgan magistratura bitiruvchilari tomonidan magistrlik dissertatsiyasi tayyorlanadi.

Dissertatsiya dastlabki himoyaga qadar plagiatga tekshiriladi va «yashirin ekspert taqrizi»dan o‘tkaziladi.

Scopus hamda Web of Science maʼlumotlar bazalarida bo‘lgan jurnallarda maqola eʼlon qilgan magistratura talabalari belgilangan tartibda rag‘batlantirib boriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi magistraturada o‘qish davomiyligini mutaxassisliklarning xususiyatidan kelib chiqib muvofiqlashtiruvchi organ etib belgilandi.

Muhim: Yuqoridagi qoidalar Odil sudlov akademiyasi, Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.