ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Pedagoglarning davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirgan va tahsil olayotgan farzandlarining toʻlov-kontrakt summasiga chegirma berish va ehtiyojmand oila farzandlarini zamonaviy kasblarga oʻqitish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 17.09.2026 yildagi 501-son

2026/2027 o‘quv yilidan boshlab har yili davlat oliy taʼlim tashkilotlariga o‘qishga kirgan hamda tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlari uchun to‘lov-kontrakt summasiga 30 foiz miqdorida chegirma joriy etiladi.

Chegirma davlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat bosqichida kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlariga tatbiq etiladi.

Chegirma :
oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim tashkilotlarida;
O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallarida ;
qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida;
xorijiy hamkor OTMlarning qo‘shma taʼlim dasturlari asosida va fakultetlarida;
nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotganlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Pedagogning bir nechta farzandi davlat OTMlarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan bo‘lsa, chegirma har bir farzand uchun alohida qo‘llaniladi.

Pedagog farzandlari to‘lov-kontrakt shartnomasi olish yuzasidan kontrakt.edu.uz tizimi orqali ariza yuboradi.

Arizani ko‘rib chiqish jarayonida ariza beruvchining pedagog farzandi ekanligi “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tasdiqlanganda, chegirma avtomatik tarzda qo‘llaniladi.

Arizalar masʼul tashkilot tomonidan 2 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqiladi.

Pedagog farzandlariga mazkur chegirma o‘quv yili uchun bir marotaba qo‘llaniladi.

Pedagog farzandlarining otasi yoki onasi pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda, keyingi o‘quv yilidan boshlab unga chegirma qo‘llash to‘xtatiladi.