ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 12.09.2026 yildagi PQ-325-son

Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1 oktyabrdan boshlab elektrotexnika sanoati korxonalari uchun:
 
aylanma mablag‘lar bilan taʼminlashga tijorat banklari orqali quyidagi shartlarda kreditlar ajratiladi:
 
“Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati (Kompaniya) mablag‘lari hisobidan 2 yil muddatgacha 3 oylik imtiyozli davr bilan yillik 6 foiz (shundan 2 foiz bank marjasi) stavkada bitta tadbirkor uchun ko‘pi bilan 5 mln AQSH dollari miqdorida;
 
kreditning 50 foiziga, biroq 20 milliard so‘m ekvivalentidan oshmagan miqdorda “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ hisobidan kafillik, qolgan qismiga – korxona tomonidan likvidli mol-mulk, sug‘urta polisi, eksport shartnomasi (kelgusidagi pul tushumlariga talab huquqi asosida) va/yoki boshqa turdagi taʼminot taqdim etiladi;
 
birja savdolari orqali mis xomashyosini xarid qilishda hisob-kitob qilishning quyidagi tartibi joriy qilinadi:
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 15-oktyabrdagi PQ–304-son qarorining 6-bandiga muvofiq ajratilgan mablag‘larning o‘zlashtirilmagan qismi hisobidan Kompaniya tomonidan “O‘zsanoateksport” AJga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 40 mln AQSH dollari miqdorida mablag‘ ajratiladi;
 
birja savdolarida mis xomashyosini xarid qilishda 25 foiz to‘lov korxona tomonidan, qolgan 75 foiz to‘lov “O‘zsanoateksport” AJ tomonidan 3 kun ichida amalga oshiriladi. Bunda bitta tadbirkorlik subyektining “O‘zsanoateksport” AJ oldidagi qarzdorligi 3 mln AQSH dollaridan ortiq bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
 
korxonalar tomonidan “O‘zsanoateksport” AJ oldidagi majburiyatini taʼminlash uchun sug‘urta polisi taqdim etiladi;
 
“O‘zsanoateksport” AJ tomonidan amalga oshirilgan 75 foiz miqdoridagi to‘lov korxonalar tomonidan 90 kun ichida qaytariladi. Bunda kechiktirib to‘lash imkoniyati berilgan har bir kun uchun yillik 6 foiz stavkada foiz hisoblanadi.

Qarorga ko‘ra, 2026–2028 yillarda elektrotexnika sanoatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalariga tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan Kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish jamg‘armasi hisobidan, kredit miqdoridan qatʼi nazar, uning 20 mlrd so‘m ekvivalentidan oshmagan qismi bo‘yicha:
 
barqarorlik reytingi va hudud toifasidan qatʼi nazar, barcha toifadagi tadbirkorlik subyektlariga 3 yil muddatga quyidagi miqdorlarda kompensatsiya taqdim etiladi:
 
foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining ikki baravaridan ortiq bo‘lmagan milliy valyutadagi kreditlarning asosiy stavkadan 4 foiz punkt yuqori qismi, biroq 10 foiz punktdan oshmagan miqdorda;
 
xorijiy valyutadagi kreditlar foiz stavkasining 6 foizdan yuqori qismi, biroq 5 foiz punktdan oshmagan miqdorda;
 
kompensatsiya “2+1” tamoyili asosida dastlabki ikki yilga taqdim etiladi, mahsulot (xizmat)larni realizatsiya qilishdan tushgan yillik tushum avvalgi yilning mos davriga nisbatan 15 foiz va undan ortiq miqdorda oshgan taqdirda, kompensatsiya uchinchi yilda ham to‘lab beriladi.
 
Elektrotexnika, elektronika va robototexnika sohalarida so‘nggi 3 yilda “Forbes Global 2000” xalqaro reytingi va xalqaro yetkazib berish zanjirlariga kirgan hamda kiritadigan investitsiya hajmi kamida 50 mln AQSH dollari bo‘lgan tayanch investorlarni (Anchor Investor) jalb etish maqsadida:
 
investitsiya shartnomasida qo‘shilgan qiymatni 3 yilda 40 foizdan oshirish hamda yillik foydaning kamida 3 foizini ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga yo‘naltirish majburiyati nazarda tutiladi;
 
ryespublikada xalqaro tajribaga muvofiq tashkil etilgan maxsus iqtisodiy zonalardan binolartayyor holda topshirish” modeli bo‘yicha (elektr tarmog‘i, gaz, suv, tozalash inshootlari, temir yo‘l kommunikatsiyalari bilan taʼminlangan holda) ajratiladi;
 
investorlarga yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, foyda solig‘ini to‘lashdan 10 yil muddatga ozod etish tarzidagi imtiyozlar taqdim etiladi.