ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlash tizimini isloh qilish va bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 12.09.2026 yildagi PQ-326-son

Qarorga ko‘ra, aholini suyultirilgan gaz bilan taʼminlash sohasidagi funksiyalarni ixtisoslashtirish, mazkur faoliyatning moliyaviy shaffofligini taʼminlash va bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish maqsadida:

“Hududgaztaʼminot” AJ taʼsischiligida “LPG-Trade” “LPG-Trade” MCHJ tashkil qilinadi.
 
Shuningdek, respublikada suyultirilgan gaz taʼminoti tizimida bozor mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bunda:
 
aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish ustuvorligi taʼminlanadi;
 
respublika korxonalarida ishlab chiqariladigan va import qilinadigan suyultirilgan gaz (o‘z shoxobchalarida sotiladigan hajmlardan tashqari) faqat birja savdolari orqali sotiladi;
 
aholiga suyultirilgan gaz yetkazib beradigan korxonalar mahsulotni birjadan va importdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qiladilar;
 
aholi ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan suyultirilgan gaz taʼminoti tizimida islohotlarni amalga oshirish va xususiy sektorni jalb qilish orqali sohada raqobat muhiti bosqichma-bosqich shakllantiriladi hamda kross-subsidiyalash amaliyoti bosqichma-bosqich bekor qilinadi;
 
suyultirilgan gaz taʼminotidagi islohotlarni amalga oshirish jarayonida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari davlat tomonidan moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlanadi.