ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 09.09.2026 yildagi O‘RQ-1170-son

“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi –

o‘zining hamda meva-sabzavotchilik yo‘nalishidagi mahsulot yetishtiruvchi, qayta ishlovchi subyektlarning, issiqxona xo‘jaliklarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida berilgan ariza, shikoyat va daʼvolar yuzasidan fuqarolik va iqtisodiy sudlarga murojaat qilganda davlat bojidan ozod qilinishi belgilandi.