ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Davlat xaridlari qiymatini baholashning shaffof tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 08.09.2026 yildagi 480-son

Mazkur Vaqtinchalik nizom davlat buyurtmachilari tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirish uchun davlat xaridi predmetining o‘rtacha bozor hamda boshlang‘ich narxini aniqlash tartibini belgilaydi.
 
Mazkur Vaqtinchalik nizom 2028 yil 31 dekabrgacha amal qiladi.
 
Nizomga ko‘ra, davlat buyurtmachisi:
 
davlat xaridlari uchun ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanishi, shu jumladan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilishdan ko‘rilgan foyda (naf), ularning sifati va qiymati o‘rtasidagi maqbul nisbatni taʼminlashi;
 
davlat xaridlarining maqsadga muvofiqligi va zarurligi, tovarni (ishni, xizmatni) tanlashda uning xususiyatlari, shuningdek, davlat xaridlarini o‘tkazish xarajatlarini va tovar (ish, xizmat) qiymatining asoslanganini hisobga olgan holda amalga oshirishi;
 
har bir davlat xaridini amalga oshirishda xarid predmetining o‘rtacha bozor narxini o‘rganishi shart.
 
Xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirishdan oldin davlat buyurtmachisi narxlar moduli orqali xarid predmetining o‘rtacha bozor narxini shakllantirishda oxirgi 90 kunda shakllangan bozor narxlari bo‘yicha maʼlumotlardan foydalanadi.
 
Xarid predmetining o‘rtacha bozor va boshlang‘ich narxi elektron maʼlumotnomasi belgilangan namunaviy shaklda shakllantiriladi va unda quyidagilar aks ettiriladi:
 
xarid predmeti;
o‘rganilgan manbalar, shu jumladan, tovarlar (ish, xizmatlar) haqidagi maʼlumotlar;
xarid predmetining o‘rtacha bozor va boshlang‘ich narxini aniqlash bo‘yicha hisob-kitoblar.