Ko‘krak nishoni bilan mamlakatimizda intellektual mulk sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar xodimlari, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda tadbirkorlik subyektlari taqdirlanadi.
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish Komissiya tashkil etiladi.
Komissiya tomonidan nomzodlarni ko‘krak nishoni bilan taqdirlashda quyidagilar inobatga olinadi:
intellektual mulk sohasini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etganligi;
intellektual mulk obyektlari yaratilishini qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyati;
intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoyasini taʼminlashda faol ishtirok etganligi;
jamiyatda intellektual faoliyat natijalariga hurmat hissini shakllantirishga qo‘shgan hissasi;
intellektual mulk sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda, shu jumladan, intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida xalqaro hamjamiyatni xabardor qilishda ishtirok etganligi.
Ko‘krak nishoni har yili 26-aprel – Xalqaro intellektual mulk kuni arafasida tantanali ravishda topshiriladi.
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga BHMning 4 baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti beriladi.