ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 04.09.2026 yildagi 460-son

Mazkur Nizom Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasining (Akkreditatsiya markazi) maqomi, asosiy vazifa va funksiyalari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
 
Nizomga ko‘ra, quyidagilar Akkreditatsiya markazining asosiy vazifalari hisoblanadi:
 
muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
 
xalqaro va milliy akkreditatsiya organlari bilan faol hamkorlik qilish, ushbu sohada xalqaro standartlar va texnik reglamentlarni joriy etish va boshqalar.
 
Akkreditatsiya markazi o‘ziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
 
vakolati doirasiga kiradigan masalalarda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
 
o‘z vakolati doirasiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur statistika axborotini statistika organlaridan bepul olish va boshqalar.
 
Akkreditatsiya markazining faoliyatiga belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.