ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Toshkent xalqaro moliya markazi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 13.07.2026 yildagi O‘RQ-1158-son

Ushbu Konstitutsiyaviy Qonunning maqsadi:
 
Toshkent xalqaro moliya markazining belgilangan alohida hudud sifatidagi maqomi va uning hududida amal qiladigan maxsus huquqiy rejimni belgilash;
 
Moliya markazining faoliyat ko‘rsatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
 
Qonunga ko‘ra, Moliya markazi maxsus huquqiy rejim amal qiladigan, dastlabki chegaralari Moliya markazi tashkil etilishi munosabati bilan qabul qilinadigan Prezident farmoni bilan belgilanadigan hududdir.
 
Moliya markazining har bir qarori kuchga kirguniga qadar Moliya markazi qarorlarining rasmiy reyestrida eʼlon qilinishi shart.
 
Ushbu Qonun yoki Moliya markazi qarorlarining qoidalariga zid ravishda tijorat faoliyati yoki moliyaviy faoliyatni amalga oshirgan Moliya markazining har qanday ishtirokchisi quyidagilardan oshmaydigan miqdorda jarimaga tortiladi:
 
10 mln AQSH dollaridan oshmaydigan miqdorda;
 
qoidabuzarlikka sabab bo‘lgan tegishli bitim, o‘zaro bog‘liq bitimlar yig‘indisi yoki faoliyat qiymatining 10 foizidan oshmaydigan miqdorda.
 
Quyidagilar Moliya markazining organlari hisoblanadi:
 
Moliya markazining kengashi;
Moliya markazining maʼmuriyati;
Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi;
Toshkent xalqaro tijorat sudi.
 
Moliya markazining har bir organi moliya yili tugaganidan keyin 4 oy ichida yillik shaffoflik hisobotini eʼlon qilishi shart.
 
Ingliz tili Moliya markazining rasmiy tili hisoblanadi.