ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Davlat auditi faoliyatida sunʼiy intellekt va raqamlashtirishni yanada rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 06.07.2026 yildagi PF-123-son

Farmonga ko‘ra, 2027-yildan Hisob palatasining davlat tashqi auditi faoliyatida quyidagilar joriy etiladi:
 
davlat organlari va tashkilotlarida joriy etilayotgan sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini baholash bo‘yicha sunʼiy intellekt tizimlarini qo‘llash auditi;
 
Hisob palatasining so‘roviga ko‘ra taqdim etilgan maʼlumotlar (hujjatlar), raqamli texnologiyalar, elektron hujjat almashinuvi hamda axborot tizimlariga masofaviy kirish orqali o‘tkaziladigan masofaviy tashqi audit;
 
xavf (risk) tahlillariga tayangan holda davlat organlari va tashkilotlarida moliyaviy, muvofiqlik hamda samaradorlik auditi yo‘nalishlarida axborot texnologiyalari auditini o‘tkazish.
 
Hisob palatasi davlat organlari va tashkilotlarida moliyaviy, muvofiqlik hamda samaradorlik auditi yo‘nalishlarida axborot texnologiyalari auditini o‘tkazishga masʼul vakolatli organ etib belgilanadi.
 
2028-yil 1-sentyabrdan muvofiqlik auditini sunʼiy intellekt texnologiyalarini qo‘llagan holda amalga oshirish joriy etiladi.