ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Toshkent davlat yuridik universitetining maxsus uch yillik taʼlim dasturlariga oʻqishga qabul qilishga oid nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 30.06.2026 yildagi 350-son

Bunda, IQ test yurisprudensiya taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha Toshkent davlat yuridik universitetining “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” hamda “Raqamli huquq” taʼlim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda o‘tkaziladi.

Ro‘yxatdan o‘tish jarayonlarida huquq sohasida test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi bilan birga IQ testdan o‘tishni tanlagan abituriyentlar uchun IQ test sinovlari TDYUU tomonidan IQ test oluvchi hamkor xorijiy tashkilot bilan o‘zaro shartnoma asosida har yili 10 iyulga qadar o‘tkazilishi belgilangan.

IQ test sinovlarini o‘tkazish va natijalarni baholash xorijiy tashkilot talablariga asosan amalga oshiriladi.

Faqatgina, IQ test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlarga OTT va bakalavriat taʼlim yo‘nalishini tanlash jarayonida boshqa mos yo‘nalishlar bilan birga TDYUUning “Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik” hamda “Raqamli huquq” taʼlim yo‘nalishlarini tanlash imkoniyati yaratiladi.

Maʼlumot uchun, mazkur taʼlim yo‘nalishlariga tanlovda chet tillari bo‘yicha kamida B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab qilinadi.

Hukumat qarori (350-son, 30.06.2026 y.) bilan "Oliy maʼlumotga ega bo‘lgan shaxslarni Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida"gi nizom tasdiqlandi.

Mazkur nizomga ko‘ra, oliy maʼlumotga ega bo‘lgan shaxslar TDYUUning maxsus 3 yillik taʼlim dasturi doirasida test sinovlari asosida ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim olish uchun “yurisprudensiya” taʼlim yo‘nalishiga qabul qilinadi.

Abituriyentlar har yili 10 iyuldan 10 avgustga qadar (shu kuni ham) Bilim va malakalarni baholash agentligining maxsus elektron tizimi orqali ro‘yxatdan o‘tadi.

Oliy maʼlumotga ega bo‘lgan shaxslar “yurisprudensiya” taʼlim yo‘nalishining faqat mutaxassislik fanlari va chet tili doirasida test jarayonlariga qatnashadi.

Bunda umumiy tartibdagi kirish imtihonlarida qo‘llaniladigan imtiyozlar (xorijiy tilni bilish bo‘yicha sertifikatlar bundan mustasno) maxsus 3 yillik taʼlim dasturiga tatbiq etilmaydi.

Maʼlumot uchun: qabul TDYUUning mavjud quvvatlari, moddiy-texnika bazasi, professor-o‘qituvchilari tarkibi hamda bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari xususiyatidan kelib chiqib, qabul parametrlaridan tashqari kvota doirasida “yurisprudensiya” taʼlim yo‘nalishi va o‘qitishning kunduzgi, kechki, masofaviy taʼlim shakllarida tashkil etiladi.

Shuningdek, TDYUUning magistraturasida o‘qish muddati “Yurisprudensiya” bakalavriat taʼlim yo‘nalishini tamomlaganlar uchun 1 yilni, turdosh taʼlim yo‘nalishlarini tamomlaganlar uchun esa 2 yilni tashkil etadi.