ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Paxta-toʻqimachilik sohasida moliyaviy barqarorlikni oshirish hamda tolani chuqur qayta ishlashni qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 29.06.2026 yildagi PQ-246-son

Qarorga ko‘ra,  2025 yilda o‘ziga biriktirilgan yer maydonlarida paxta yetishtirgan paxta-to‘qimachilik klasterlari va ular taʼsischi bo‘lgan korxonalarga Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan taqdim etilgan konturlarda paxta xomashyosi yetishtirilganligi Kosmik tadqiqotlar
va texnologiyalar agentligi tomonidan tasdiqlangan hollarda har bir gektar yer uchun 3 mln so‘mdan subsidiyalar ajratiladi.
 
Korxonalarning 2026 yil 1 iyunga qadar amalga oshirilgan bo‘yalgan mato hamda aralash va bo‘yalgan gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarish loyihalariga Prezidentning 2022 yil 21 yanvardagi PF–53-son Farmonida belgilangan miqdorlarda bo‘yash uskunalari xaridini subsidiyalash uchun nazarda tutilgan mablag‘ning qoldiq qismi hisobidan subsidiya ajratiladi.
 
2027 yil 1 iyulga qadar tadbirkorlarning barqarorlik reytingi bo‘yicha “A” va undan yuqori toifaga kiritilgan klasterlar va to‘qimachilik korxonalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ining salbiy farq summasi tekshiruvlarsiz 20 kun muddatda qaytarilishi belgilandi.