Reglamentga ko‘ra, talabgor davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazi, YAIDXP (my.gov.uz) yoxud “Yagona integratsiyalashgan ekotizim” axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qiladi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
talabgor faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan akkreditatsiya sohasi hamda akkreditatsiya sohasi bo‘yicha ishlarni bajarish uchun sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertlar bilan taʼminlangani to‘g‘risidagi maʼlumotlar;
ekspert tashkiloti Nizomi;
talabgorning akkreditatsiya mezonlariga muvofiqligini tavsiflovchi deklaratsiya;
talabgorning sifatni boshqarish tizimining muvofiqlik sertifikati va boshqalar.
Vakolatli organ ariza qabul qilingan kundan boshlab 20 ish kunida taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi.
Talabgorning faoliyati vakolatli organ buyrug‘i bilan tashkil etiladigan baholash komissiyasi tomonidan joyiga borib baholanadi.
Dalolatnoma ijobiy bo‘lganda, dalolatnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab 10 ish kunida akkreditatsiya attestatini berish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Akkreditatsiya attestati 5 yil muddatga beriladi.