ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat korxonalarida autsorsing xizmatlarini tashkil etish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 12.06.2026 yildagi 306-son

Ushbu Nizom ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda davlat korxonalarida funksiyalarni autsorsing shartlari asosida tashkil etish tartibini belgilaydi.
 
Nizomga ko‘ra, autsorsing xizmati quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:
 
autsorserni aniqlash;
korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik;
autsorser tomonidan funksiyalarning sifatli bajarilishi;
davlat buyurtmachisining funksiyalarini bajarish bilan band bo‘lgan xodimlar sonini (shtatini) qisqartirish.
 
Ishtirokchilarga nisbatan quyidagi talablar qo‘yiladi:
 
tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi;
beriladigan funksiyalar yo‘nalishida kamida 6 oy faoliyat olib borgan bo‘lishi;
autsorsing shartnomasini bajarish uchun yetarli ish tajribasi hamda boshqa resurslarga ega bo‘lishi;
soliq va yig‘imlarni to‘lash bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
ishtirokchining sud qarorlari bo‘yicha bajarilmagan majburiyatlari mavjud emasligi.
 
Autsorsing xizmati ko‘rsatilishi yuzasidan nazorat va monitoring davlat buyurtmachisi tomonidan shartnomada belgilangan shartlarda va muddatlarda amalga oshiriladi.