Mazkur Nizom davlat umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlari o‘rtasida “Ilg‘or muhandislik maktabi” milliy tanlovini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan maktablar har yili 1 yanvardan 1-fevralga qadar maxsus platformada ro‘yxatdan o‘tadi hamda maktab terma jamoasi tarkibini belgilaydi.
Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:
tuman bosqichi – har yili 1 aprelgacha tumandagi maktab terma jamoalari o‘rtasida;
hududiy bosqich– har yili 1 iyulgacha tuman bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, g‘olib bo‘lgan maktab terma jamoalari o‘rtasida;
respublika bosqichi – har yili 1 oktyabrgacha hududiy bosqichda 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, g‘olib bo‘lgan maktab terma jamoalari o‘rtasida.
Tanlov g‘oliblari quyidagi miqdorlarda pul mukofoti bilan mukofotlanadi:
tuman (shahar) bosqichida 1-o‘rin – BHMning 200 baravari, 2-o‘rin – BHMning 150 baravari, 3-o‘rin – BHMning 100 baravari miqdorida;
hududiy bosqichda 1-o‘rin – BHMning 300 baravari, 2-o‘rin – BHMning 250 baravari, 3-o‘rin – BHMning 200 baravari miqdorida;
respublika bosqichida 1-o‘rin – BHMning 600 baravari, 2-o‘rin – BHMning 450 baravari, 3-o‘rin – BHMning 300 baravari miqdorida.