ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarining va kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni takomillashtirishga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 11.06.2026 yildagi O‘RQ-1151-son

Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarini ishlab chiqarish, tayyorlash yoki qayta ishlash uchun g‘ayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish,
 
5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari yoki kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni isteʼmol qilish yoxud tarqatish uchun bangixona tashkil qilish yoki saqlash,
 
3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shuningdek, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari yoxud kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning  qonunga xilof muomalasiga homiylik qilish,
 
5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
 
Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni o‘g‘rilik yoki firibgarlik yo‘li bilan qonunga xilof ravishda egallash,
 
3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.