Qarorga ko‘ra, quyidagi takliflar ma’qullandi:
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti negizida Samarqand davlat texnika universitetini tashkil etish;
Samarqand davlat universitetiga Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialini qo‘shib olish;
Samarqand davlat pedagogika institutiga Samarqand davlat universiteti Urgut filialini qo‘shib olish hamda mazkur filial bazasida Samarqand davlat pedagogika institutining Urgut fakulteti faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialini qo‘shib olish.
2026/2027 o‘quv yilidan mazkur qarorda ko‘zda tutilgan oliy ta’lim tashkilotlarining professor-o‘qituvchilari va doktorantlari xorijiy davlatlarning yetakchi oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga malaka oshirish va ilmiy stajirovkaga yuborilishi ta’minlanadi.
2027/2028 o‘quv yilidan Samarqand davlat texnika universitetida Intellektual suv texnologiyalari ilg‘or muhandislik maktabi faoliyati tashkil etiladi.