ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Ruhiy holati buzilgan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat muassasalarini takomillashtirish va yangi ijtimoiy xizmatlarni tashkil etishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 21.05.2026 yildagi 271-son

Qarorga ko‘ra, “Erta aralashuv” xizmati quyidagi bolalarga ko‘rsatiladi:

belgilangan tashxislar bo‘yicha nogironlik belgilangan tug‘ilgandan boshlab 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
oilaviy shifokor tomonidan rivojlanishida orqada qolish xavfi mavjudligi haqida xulosa berilgan 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
rivojlanishida orqada qolish xavfi mavjudligi haqida xulosa berilgan 1-3 yoshdagi bolalar.

“Erta aralashuv” xizmatini ko‘rsatish istagini bildirgan nodavlat tashkilotlar elektron reyestrga kiritiladi.

Bolaning otasi yoki onasi xizmatdan foydalanish uchun “Inson” markazi, Davlat xizmatlari markaziga yoxud YAIDXP (my.gov.uz) yoki “Ijtimoiy karta” ilovasi orqali murojaat qilishi mumkin.

So‘rovnoma tasdiqlangandan so‘ng 1 ish kunida bola “Erta aralashuv” xizmatidan foydalanishi uchun elektron vaucher shakllanadi.

Vaucher shakllangan sanadan boshlab bolaning ota-onasi 30 kun ichida vaucherdan foydalanishni boshlashi lozim.

Buyurtma nodavlat tashkilot tomonidan qabul qilingandan so‘ng 10 ish kuni ichida bolaning ota-onasi bilan birgalikda bolaning erta aralashuv rejasi ishlab chiqiladi.

“Erta aralashuv” xizmati vaucherning amal qilish muddati davomida 6 kunlik ish haftasida 08:00 dan 18:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida ko‘rsatiladi.

Nodavlat tashkilotga ko‘rsatilgan xizmat xarajatlari vaucherning haqiqatda foydalanilgan qismi bo‘yicha subsidiya shaklida to‘lanadi.