ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Muborak Qurbon hayiti munosabati bilan aholini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va mehr-saxovat tadbirlarini samarali tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 21.05.2026 yildagi PQ-196-son

Qarorga ko‘ra, muborak Qurbon hayiti munosabati bilan quyidagi toifadagi bemorlarning tibbiy tekshiruvdan o‘tish, jarrohlik amaliyoti va davolash xarajatlarini qoplab beriladi:

og‘ir va nogironlikni keltirib chiqaruvchi kasalliklarga chalingan 10 ming nafar bolalarda jarrohlik amaliyotini o‘tkazish;

2,3 ming nafar onkologik, gemotologik va onkogematologik tashxis qo‘yilgan bemorlarni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish, ularni davolash va jarrohlik amaliyotini o‘tkazish;

kamida 350 nafar bemorlarda jigar va buyrak transplantatsiyasi amaliyotini o‘tkazish.

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj quyidagi bolalarning omonat hisobvaraqlariga 200 AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti o‘tkaziladi:

yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar (vasiylik, homiylik va patronatdagi bolalar);

Mehribonlik uylari, oilaviy bolalar uylari, kichik hajmli bolalar uylari hamda “SOS” bolalar mahallasi tarbiyalanuvchilari;

Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan ota-onalarning farzandlari;

“Taskin Children‘s Hospice” bolalar onkologik shifoxonasida davolanayotgan bolalar.

Shuningdek, 500 ta masjidda aholi uchun qulay sharoitlar yaratiladi, taʼmirlanadi hamda joylardagi qabristonlar obod qilinadi.

Muqaddas qadamjolarni obodonlashtirish va mehr-saxovat tadbirlarini tashkil etish hamda muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlar tashkil etiladi.