Рус
Eng
Ўзб
O’zb
Ҳужжат паспорти
Muborak Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 20.05.2026 yildagi PQ-194-son
Qarorga ko‘ra, 2026 yil 27 may Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.
Bunda Qurbon hayitini xalqimizning milliy anʼana va urf-odatlariga uyg‘un holda o‘tkazish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan quyidagi kunlar dam olinadi:
27 may (chorshanba) – Qurbon hayiti bayrami kuni – barcha uchun dam olish kuni;
28 may (payshanba) va 29 may (juma) - ish haftasining turidan qatʼiy nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kunlari;
30 may (shanba) – 6 kunlik ish xaftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish xaftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni;
31 may (yakshanba) - dam olish kuni.