ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish hamda oilaviy maslahat xizmatlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.05.2026 yildagi 257-son

Mazkur Nizom Oila va xotin-qizlar maskanlari faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini (KPI) hisoblash tartibini belgilaydi.

Nizom talablari barcha tuman (shahar) maskanlari uchun majburiy hisoblanadi.

Nizomga ko‘ra, KPI hisob-kitoblari har oy yakunida amalga oshiriladi, har chorak va yil yakunida tahlil qilinadi.

KPI hisoblashda quyidagi rasmiy maʼlumotlar manba sifatida qabul qilinadi:

FHDYO organlari maʼlumotlari;
sud organlari maʼlumotlari;
ichki ishlar organlari va “Ye-ijtimoiy profilaktika” axborot tizimi maʼlumotlari;
sog‘liqni saqlash organlari maʼlumotlari;
bandlik organlari maʼlumotlari;
maskanning elektron hisobot bazasi.

Shuningdek, KPI tizimi 4 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha 18 ta ko‘rsatkichni o‘z ichiga oladi.