Mazkur Farmon ilovasidagi lalmi va yaylov yer uchastkalarini foydalanishga kiritish ishlarini yer tuzish loyihasi va texnik-iqtisodiy asos (TIA)ga muvofiq amalga oshirishning quyidagi tartibi joriy etiladi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari har yili yer uchastkalarini foydalanishga kiritish dasturini tasdiqlaydi, yer tuzish loyihasi va TIA ishlab chiqish bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi vazirligiga buyurtmanoma beradi;
yer tuzish loyihasi va TIA ishlab chiqilishi, tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilishi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tashkil qilinadi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va hududga biriktirilgan masʼullar tomonidan tasdiqlanadi. Bunda TIAda quyidagilar nazarda tutiladi:
yer uchastkalarining tahlili, ularni foydalanishga kiritishning har bir bosqichidagi chora-tadbirlar, masʼullar, muddatlar, xarajatlar, moliyalashtirish manbalari, loyiha samaradorligi, nazorat;
chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun talab qilinadigan instrumentlar hamda davlat tomonidan taqdim etiladigan
qo‘llab-quvvatlash choralari;
yer uchastkalari (yer tuzish loyihasi va TIA bilan birgalikda) qonunchilikda belgilangan qiymatda “E-auksion” savdo platformasida elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladi;
yer uchastkalarini foydalanishga kiritish muddati u o‘rnatilgan tartibda ajratilgan kundan boshlab ko‘pi bilan 2 yilgacha etib TIAda belgilanadi.