ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Sogʻliqni saqlash tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 05.05.2026 yildagi PF-77-son

Farmonga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida quyidagilar tashkil etiladi:

Salomatlik va strategik rivojlanish instituti negizida Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazi;

Klinik audit inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari;

Kontent mediamarkazi.

Autsorsing asosida quyidagilar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi:

aholi murojaatlari, shikoyatlari, takliflari va eʼtirozlarini qabul qilish, ularni tezkor ko‘rib chiqish hamda tegishli tashkilotlarga yo‘naltirishni taʼminlash maqsadida “Call-markaz”;

aholi va tibbiyot xodimlari bilan tizimli muloqotni taʼminlash, tibbiy xizmatlar sifati, ommabopligi va mavjud muammolar yuzasidan tezkor axborot olish hamda tahlil qilish maqsadida qayta aloqa tizimi (Feedback).

2026 yil 1 sentyabrdan tibbiyot assotsiatsiyalariga quyidagi vakolatlar beriladi:

tibbiy yordam ko‘rsatishni standartlashtirish hujjatlarini ishlab chiqish, ularni muhokama qilishda ishtirok etish va qayta ko‘rib chiqish;

cog‘liqni saqlash vazirligi va Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasining taklifiga ko‘ra statsionar tibbiyot tashkilotlarining tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini baholashda ishtirok etish;

tibbiyot xodimlarining malakasini baholash, sertifikatlash hamda qayta tayyorlash jarayonlarida mustaqil professional ekspert sifatida ishtirok etish va boshqalar.