ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Agrar va oziq-ovqat sohalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.04.2026 yildagi 206-son

Nizomga ko‘ra, subsidiya Davlat byudjetidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va texnologiya turidan qatʼi nazar, har bir konturga joriy qilingan texnologiya uchun faqat 1 marotaba ajratiladi.

Talabgor subsidiyani olish uchun o‘ziga tegishli ekin yer maydonlarini konturlar hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari turlari kesimida belgilangan tartibda Agroportalga kiritgan bo‘lishi lozim

Talabgor subsidiya ajratilishi uchun Agroportal orqali elektron shaklda ariza bilan murojaat qiladi.

Arizaga quyidagilar ilova qiladi:

suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasini qurish bo‘yicha “Tomchi-reestr” ga kiritilgan quruvchi-pudrat tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma nusxasi; 
loyiha hujjati va qurilish ishlari yakunlangani to‘g‘risidagi dalolatnoma nusxasi;
ish bajarilgan konturlarning maʼlumotlari (hududi va lokatsiyasi aniq ko‘rsatiladi).

Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini o‘z mablag‘i hisobidan joriy qilgan talabgorga belgilangan hisob-kitoblarga asosan subsidiyaning 50 foizi oldindan to‘lab beriladi.