Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra:
sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ulardan kasbiy, sport faoliyati yoki xo‘jalik-maishiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq hollarda, jamoat joylarida ochiq holda olib yurish, xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, –
BHM ning 1 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.
“Qurol to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etganlarga fuqaroviy qurolni saqlash va olib yurish huquqi himoya orderining amal qilishi yoki unda ko‘rsatilgan muddat davrida cheklanganda, qurol va uning o‘q-dorilarini olib qo‘yish ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.