ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga soliq va tadbirkorlik sohasidagi huquqiy munosabatlarni takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 17.04.2026 yildagi O‘RQ-1131-son

Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirishni, kamaytirib ko‘rsatishni, shuningdek soliqlarni yoki yig‘imlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlashni ancha miqdorda sodir etish, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin ro‘y bergan bo‘lsa

BHMning 100 baravaridan 150 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.

Ilgari, mazkur jinoyat uchun BHMning 15 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanish belgilangan edi.

Jinoyat protsessual kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, Tadbirkorlik subyektining jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etadigan vakili tushunchasi kiritildi.

Unga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil yoki Savdo-sanoat palatasi tomonidan tayinlangan vakil tadbirkorning faoliyati bilan bog‘liq jinoyat ishida surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud jarayonida tadbirkorlik talabiga ko‘ra jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etishi mumkin.

Bundan tashqari, Soliq kodeksiga sud qaror chiqarguniga qadar tergovda qo‘shimcha hisoblanib undirilgan soliq va yig‘imlar bo‘yicha penya hisoblanmasligini belgilovchi o‘zgartirishlar kiritildi.