ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Bolalarni zoʻravonlikdan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 17.04.2026 yildagi O‘RQ-1130-son

Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, voyaga yetmagan shaxs tavsiflanganligi yoki tasvirlanganligi aybdorga ayon bo‘lgan pornografik mahsulotni tarqatish maqsadida saqlash, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, 

BHMning 100 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.

Shuningdek, Jinoyat kodeksiga voyaga yetmagan guvohning qonuniy vakili tushunchasi kiritildi.

Guvoh voyaga yetmagan shaxs bo‘lgan hollarda, uning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun guvohning qonuniy vakili ishda ishtirok etishga jalb qilinadi.

Ishda qonuniy vakil sifatida ota-ona, farzandlikka olgan shaxs, vasiylar, homiylar, vasiylik va homiylik organining vakillari ishtirok etishi mumkin. 

Qonuniy vakilning ishda ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilganligi haqida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror qaror, sud esa ajrim chiqaradi.

Bundan tashqari, voyaga yetmagan shaxs tavsiflanganligi yoki tasvirlanganligi aybdorga ayon bo‘lgan pornografik mahsulotni tarqatish maqsadida saqlaganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi.