ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 11.04.2026 yildagi PQ-135-son

Qarorga ko‘ra, 2030 yilga qadar Toshkent davlat agrar universitetini (Universitet) rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

Universitetning xalqaro nufuzini oshirish hamda xalqaro reyting tashkilotlarining top-500 talik oliy taʼlim tashkilotlari ro‘yxatiga kiritishga erishish;

ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishdan olinadigan mablag‘lar hajmini 3 baravarga oshirish;

xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan taʼlim dasturlari sonini 4 baravarga oshirish.

2026/2027 o‘quv yilidan boshlab:

agrar oliy taʼlim muassasalarida belgilangan ro‘yxatda keltirilgan taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimi 3 yillik taʼlim dasturlari asosida yo‘lga qo‘yiladi. Bunda o‘quv jarayonlarida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar ulushi:

1-kursda60 foiz nazariy va 40 foiz amaliy;
2-kursda50 foiz nazariy va 50 foiz amaliy;
3-kursda 30 foiz nazariy va 70 foiz amaliy bo‘lishi nazarda tutiladi;

talabalarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari va sohalarning xususiyatidan kelib chiqib, Universitetning yuqori kurslarida o‘qish nazariy taʼlimdan ajralgan holda 4 oy muddatga uzluksiz dual taʼlim (talabalar amaliyoti) asosida tashkil etiladi.

Qarorga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilidan:

Universitet tomonidan belgilanadigan mos taʼlim yo‘nalishlarining o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqqan holda:

1-kurs bitiruvchilariga “A”, “V”, “S” va “D” toifalaridagi qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasi;

2-kurs bitiruvchilariga (“A”, “V”, “S” va “D” toifasidagi traktorchi-mashinist guvohnomasi mavjud) “Ye” va “F” toifalaridagi qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasi belgilangan tartibda beriladi.

Universitet huzurida Yangi agronomlarni tayyorlash jamg‘armasi (Jamg‘arma) tashkil etiladi.

Yoshlar tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha bo‘lgan zanjirni moliyalashtirish maqsadida O‘zbekiston yosh fermerlar kengashi tomonidan “Yosh fermerlar savdo maktabi” loyihasi amalga oshiriladi. 

Universitet talabalarini agrar sohada amaliy bilimlarga ega bo‘lgan mutaxassis sifatida tayyorlash maqsadida 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab “kelajak fermerlari” tashabbusi joriy etiladi.