ONLINE TRANSLATE
Ҳужжат паспорти
“Mening bogʻim” loyihalarini shakllantirish va amalga oshirishda jamoatchilik hamda xalq vakillari ishtirokini kengaytirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 07.04.2026 yildagi PF-56-son

“Mening bog‘im” loyihalarini tashkil etish jarayonlarini takomillashtirish, ularni amalga oshirishda yangi mexanizmlarni joriy qilishning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

“Mening bog‘im” loyihalari tanlovida g‘olib bo‘lmagan loyihalarni saylovchilar manfaatlari va hududning ekologik holatidan kelib chiqqan holda Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan g‘olib deb eʼlon qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;

“Mening bog‘im” loyihalarini hududning tuproq-iqlim sharoiti va suv taʼminotiga mos ravishda shakllantirish tizimini joriy qilish;

“Mening bog‘im” loyihalari doirasida yashil bog‘lar va yashil jamoat parklarida daraxtlar va o‘simliklarni ekish, ularni doimiy parvarishlash, barpo etilgan obyektlar holatini sifatli saqlashning yangi amaliyotini kiritish.

Farmonga ko‘ra, “Ochiq byudjet” axborot portalidagi tanlovda g‘olib bo‘lmagan kamida 1 ta “Mening bog‘im” loyihasini deputatlar tomonidan tegishli saylov okrugidagi saylovchilar manfaatlari va hududning ekologik holatidan kelib chiqib, g‘olib deb eʼlon qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.